Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Xivaga tashrif buyurish uchun yana bir sabab

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

2022-yilda Xivada birinchi “Lazgi” xalqaro raqs festivali boshlandi, kelajakda u har ikki yilda bir marotaba 25-30 aprel kunlari o‘tkaziladi.
  

Festival doirasida Xiva shahridagi “Ichan-qal’a” tarixiy majmuasida raqs, milliy cholg’u asboblari va liboslar namoyishi, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlarning ishlari, fotosuratlar va kitoblar namoyish etilmoqda.

O‘zining noyob uslubi va jozibaliligi tufayli Lazgi raqsi butun dunyoda mashhurlikka erishgan va uni YUNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritgan.

Endilikda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bahor oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun sabablardan biridir. Uzbekistan Airways har kuni Toshkentdan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu esa sayyohlarga va mehmonlarga Urganchga tashrif buyurish va istalgan vaqtda Xivaga borib, sharqona ertak muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatini taqdim etadi.

Download PDF