Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oliy ma’lumot;
  • Ijtimoiy ish, xodimlar bilan ishlash boshqarmasi yo‘nalishida ish tajribasi;
  • O‘zbekiston Respublikasining mehnat va ijtimoiy qonunchiligini bilish;
  • MS Office dasturlarini bilish;
  • O‘zbek va rust tillarini erkin bilish, ingliz tilini bilish ma’qullanadi;
  • Ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Tadbirlarni tashkil etish va hisobotlar tayyorlash tajribasi;
  • Rivojlangan muloqot, tahliliy va tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • Ma’suliyatli, tashabbuskor, jamoada ishlay olish va maxiylikka rioya qilish.

Vazifalari:

  • Yagona davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish bo‘yicha har yilgi ish rejalarini ishlab chiqish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlari, strategiyalar, konsepsiyalar, “yo‘l xaritalari”da hamda aviatsiya xodirnlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish va mehnat madaniyatini oshirish bo‘yicha AJ rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj AJ xodimlarini aniqlash, ularning ehtiyoj va so‘rovlarini qondirish, shuningdek, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini, motivatsiya va nomoddiy rag‘batlantirish usullarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Jamoalardagi ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish maqsadida,boshqa tashkilotlarning tegishli mutaxassislarini jalb qilgan holda, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar o‘tkazish, ular asosida aviaxodimlar faoliyatining ijtimoiy-huquqiy ta’minotini tashkil etish va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • AJ xodimlarini motivatsiyalash, moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy nafaqalar berish tizimidan qoniqish darajasini o‘rganish, natijador qayta aloqa o‘rnatish (ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish) uchun AJ barcha bo‘linmalari xodimlari bilan samarali hamkorlik qilish;
  • AJ va uning tarkibiy bo‘linmalarida xodimlar tomonidan intizomga rioya etilishini monitoring qilish, ma’muriy jazoga tortilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan AJ xodimlarining hisobini yuritish, AJ xodimlarining ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishini nazorat qilish uchun tizimli ravishda tekshirishlar tashkil etish, AJ xodimlarining ishga kelishi va ketishi hisobini yuritish;
  • AJ shaxsiy tarkibining mehnat va texnologik intizomini yanada mustahkamlash va AJda mehnat nizolarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, intizom holati va korporativ madaniyatga rioya qilish, AJ xodimlarining odob-axloq qoidalari masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish;
  • Intizomni mustahkamlash, aviatsiya xodimlari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida buyruq chiqaruvchi rahbar tarkibga amaliy yordam ko‘rsatish, kasb etikasi umumiy tamoyillari, AJ korporativ madaniyati va intizomga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, jamoalarda qulay mehnat sharoitlarini yaratish va ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • AJ ishlamaydigan va yolg‘iz pensionerlari, nogiron bolalari bo‘lgan xodimlari hisobini yuritish, ularning ehtiyojlari va so‘rovlarini o‘rganish (murojaat qilinganda), ularning ijtimoiy ehtiyojlarini hal qilishda mumkin bo‘lgan amaliy yordarnni ko‘rsatish;
  • AJ ishlamaydigan pensionerlariga davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
  • AJ ishlamaydigan pensionerlarining pensiyasiga har oylik qo‘shimcha to‘lovni tayinlash va to‘lash uchun buyruq loyihalarini tayyorlash va hisobini yuritish;
  • Ijtimoiy nafaqalar, moddiy rag‘batlantirish, motivatsiyalash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni va aviaxodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga oid boshqa hujjatlarni ishlab chiqish;

Ish sharoitlari:

• Rasmiy ish bilan ta’minlash;

• 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;

• O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Ijtimoiy ish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash va ijtimoiy hamrohlik qilish;
  • Ijtimoiy dasturlar, loyihalar va tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • Xodimlar bilan ishlash, ularni ehtiyojlarini aniqlash motivatsiya nomoddiy rag‘batlantirish;
  • O‘zbekiston respublikasining mehnat va ijtimoiy qonunchiligini bilish;
  • Hujjatlar bilan ishlash, hisobotlar tayyorlash va bo‘lim yozishmalarini yuritish; 
  • Kompyuter va MS Office dasturlaridan erkin foydalanish;
  • Og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, o‘zbek, rus tillarini lavozim vazifalaini bajarish hajmida bilish;
  • Tashkiliy va tahlilli ko‘nikmalar, mas’uliyatlilik hamda jamoada ishlash qobilyati.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com