Havo kemasi yuvuvchisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Talablar:
- O‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish.
- Havo kemalarini yuvish bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi.
- HK yuvuvchisi lavozimiga 18 yoshga to‘lgan, ishlashga yaroqli shaxslar qabul qilinadi.
- Lavozim majburiyatlarini bajarish uchun davlat va rus tillarini bilish.
Vazifalar:
- Belgilangan texnologiyalar va aviakompaniyalar talablariga muvofiq havo kemalarining (HK) ichki yuvish va tozalash ishlarini bajarish.
- Salonlar, ekipaj kabinalari, yuk bo‘limlari va sanitariya xonalarini tozalash, bortda tartib va tozalikni ta’minlash.
- Texnologik uskunalar, asboblar va yuvish vositalaridan qat’iy belgilangan maqsadlarda foydalanish.
- Tozalash ishlari tugagach, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish.
- Uskunalar sozligini nazorat qilish, FOD dasturi (begona jismlar tushishining oldini olish) talablariga qat’iy rioya qilish.
- Individual himoya vositalaridan foydalanish, yong‘in va ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
- Mehnat, ishlab chiqarish va texnologik intizomga rioya qilish, rahbariyat ko‘rsatmalari va parvozlar xavfsizligi standartlarini bajarish.
Ish sharoitlari:
- Smenali ish jadvali.
- Ish haqi miqdori suhbat jarayonida individual ravishda kelishiladi.
- Mehnat munosabatlari O‘zR MKga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:cv.tsha@uzairways.com