We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Havo kemasi yuvuvchisi

Share on social media

Работодатель:

Talablar:

  • O‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish.
  • Havo kemalarini yuvish bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi.
  • HK yuvuvchisi lavozimiga 18 yoshga to‘lgan, ishlashga yaroqli shaxslar qabul qilinadi.
  • Lavozim majburiyatlarini bajarish uchun davlat va rus tillarini bilish.

Vazifalar:

  • Belgilangan texnologiyalar va aviakompaniyalar talablariga muvofiq havo kemalarining (HK) ichki yuvish va tozalash ishlarini bajarish.
  • Salonlar, ekipaj kabinalari, yuk bo‘limlari va sanitariya xonalarini tozalash, bortda tartib va tozalikni ta’minlash.
  • Texnologik uskunalar, asboblar va yuvish vositalaridan qat’iy belgilangan maqsadlarda foydalanish.
  • Tozalash ishlari tugagach, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish.
  • Uskunalar sozligini nazorat qilish, FOD dasturi (begona jismlar tushishining oldini olish) talablariga qat’iy rioya qilish.
  • Individual himoya vositalaridan foydalanish, yong‘in va ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
  • Mehnat, ishlab chiqarish va texnologik intizomga rioya qilish, rahbariyat ko‘rsatmalari va parvozlar xavfsizligi standartlarini bajarish.

Ish sharoitlari:

  • Smenali ish jadvali.
  • Ish haqi miqdori suhbat jarayonida individual ravishda kelishiladi.
  • Mehnat munosabatlari O‘zR MKga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:cv.tsha@uzairways.com