Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Ishlab chiqarishni servis tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma:. Ishlab chiqarishni servis tayyorlash boshqarmasi (ICHSTB)
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 10 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi:  to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: fuqarolik aviatsiyasi, havo transportida tashishni tashkil etish, iqtisodiyot, moliya, menejment mutaxassisliklari bo‘yicha.
  • Rahbarlik lavozimlarida ish staji – 5 yildan kam emas.
  • Shu kabi (servis xizmat ko‘rsatish sohasi) lavozimlarda ish staji – 5 yildan kam emas.
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
  • O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya, mehnat, ma’muriy, qonunchilik bo‘yicha fundamental bilimlar mavjudligi.
  • Og‘zaki va yozma muloqot qilish, muzokaralar olib borish va rasmiy yozishmalar olib borish malakalari.
  • Tashkilotchilik va mas’uliyatlilik, talabchanlik, mehnatsevarlik;
  • Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi. 

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Ishlab chiqarish xizmatlarini tayyorlash boshqarmasi (ICHSTB) faoliyatini boshqaruv hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilish.
  • ICHSTB faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, jahonning eng yaxshi kompaniyalari tajribalarini o‘rganish asosida ishlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, ICHSTB va “Uzbekistan Airways” AJ faoliyatida texnologiyalarni optimallashtirish va takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan ichki me’yoriy hujjatlar va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • “Uzbekistan Airways” AJ xizmatlari va bo‘linmalarining funksiya va vazifalarni bajarish uchun o‘zaro hamkorligini tashkil etish.
  • AJ reyslarida yo‘lovchilar o‘rtasida davriy so‘rovlar o‘tkazilishini nazorat qilish, yo‘lovchilar fikrini to‘plash, monitoring qilish va tahlil qilish tizimini takomillashtirish.
  • “Uzbekistan Airways” AJ brendini qo‘llab-quvvatlash va uning xizmatlarini aviatashuvlar bozorida ilgari surish.
  • ICHSTB Nizomida nazarda tutilgan vazifalar, talablar va funktsiyalarni bajarish.
  • “Uzbekistan Airways” AJ xizmatlari, bo‘linmalari va vakolatxonalari o‘rtasida parvozda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish.
  • Havo kemasida ovqatlanish bo‘yicha taqdimotlarni tashkil etish va ishtirok etish – barcha xizmat toifalari yo‘lovchilari, AJ parvozlari ekipaj a’zolari uchun Menyu tanlash.
  • Yangi yo‘nalishlarni ochishga tayyorgarlik ko‘rish, yangi turdagi havo kemalarini foydalanishga topshirishda ICHSTBning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Havo qatnovlarini tashkil etish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullari sohasidagi bilimlarni oshirish.
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja 
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Aviaservis 
  • Yo‘lovchilar bilan ishlash 
  • Xodimlarni boshqarish 
  • Ishbilarmonlik aloqalari 
  • Muzokaralar o‘tkazish 

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com