We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

"Uzbekistan Airways" Yangi yil lotereyasining g‘oliblari aniqlandi!

Share on social media

"Uzbekistan Airways" Yangi yil lotereyasining g‘oliblari aniqlandi! Yangi yil arafasida "Uzbekistan Airways" Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yo‘lovchilar o‘rtasida bonusli ballarni yutib olish onlayn-lotereyasini o‘tkazdi.

Yangi yil lotereyasi g‘oliblari 27 dekabr kuni "Uzbekistan Airways" AJ Direktsiyasi binosida random.org tasodifiy raqamlar generator dasturi orqali maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlandi.

Ishtirokchilar orasida uchta sovrinli o‘rin o‘ynaldi. Natijada, bu kuni Kamoliddin Jamalxanovga omad kulib boqdi va u 30 000 ball egasiga aylandi, Atabek Butayev 20 000 ball hamda Alena Tsoy 10 000 ball yutuq egasi bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ballarning barchasidan g‘oliblar "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining qatnovlariga mukofot aviabiletlarini olishda foydalanishlari mumkin.

G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz, aviakompaniyamizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga yangi yilda yangi zafarlar tilab qolamiz!

Download PDF