Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

"Uzbekistan airways" AJ № 06 muhim fakt e'lon qiladi (29.11.2019)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
1 Emitentning nomi
To‘liq: "Uzbekistan airways" aksiyadorlik jamiyati
Qisqartirilgan: "Uzbekistan airways" AJ
Birja tikerining nomi:*  
2 Aloqa Ma'lumotlar
Joylashgan yeri: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
Pochta manzili: Amir Temur shoh ko‘chasi, 41
Elektron pochta manzili:* info@uzairways.com
Rasmiy veb-sayti:* www.uzairways.com
3 Muhim fakt to'g'risida axborot
Muhim faktning raqami: 06
Muhim faktning nomi: “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish.
Umumiy yig‘ilish turi: Navbatdan tashqari
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish sanasi: 29.11.2019
Umumiy yig‘ilish bayonnomasi tuzilgan sana: 29.11.2019
Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan joy: Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 6
Umumiy yig‘ilish kvorumi: 100

 

Tartib raqam Ovozga qo'yilgan savollar Uchun foiz Miqdor soni Qarshi foiz Miqdor soni Betaraf foiz Miqdor foiz
01 “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish. 100 34 990 505 225 0 0 0 0
Umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilingan qarorning to‘liq shakli
01

1.1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan umumiy qiymati 749 765 017 100,0 (yetti yuz qirq to‘qqiz milliard yetti yuz oltmish besh million o‘n yetti ming bir yuz) so‘m bo‘lgan nominal qiymati 100 so‘mlik 7 497 650 171 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirilsin.

 

1.2. Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari quyidagicha belgilansin:

 

aksiyalar yopiq obuna yo‘li bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga joylashtiriladi;

 

aksiyalar jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil ichida joylashtiriladi;

 

ushbu chiqarilishdagi aksiyalar “Uzbekistan Airways” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘rtasida birjadan tashqari uyushmagan bozorlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitim tuzish va Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan joylashtiriladi;

 

ushbu aksiyalarning chiqarilishi nominal qiymatda, ya’ni 100 so‘mdan joylashtiriladi;

 

aksiyalar uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27- noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga asosan “Ketring” MChJ ustav kapitalidagi (100 foiz) 53 820 952 460,16 so‘m, “O‘quv mashg‘ulot markazi” MChJ ustav kapitalidagi (100 foiz) 113 965 146 533,95 so‘m, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ ustav kapitalidagi 265 796 244 481,94 (100 foiz) so‘m va “Uzbekistan Helicopters” MChJ ustav kapitalidagi 316 182 673 623,22 (100 foiz) so‘m, jami 749 765 017 099,27 so‘mlik davlat ulushlarini nominal qiymatida berish, shu bilan birga jamiyat yagona aksiyadorining 2019 yil 26 avgustdagi qaroriga asosan jamiyat ustav kapitaliga berilayotgan mol-mulklar va jamiyat ustav kapitali o‘rtasidagi 10 (o‘n) so‘m 40 (qirq) tiyinlik farqni qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan 749 765 017 109,67 so‘m hisobiga amalga oshiriladi;

 

jamiyat ustav kapitaliga berilishi belgilangan 749 765 017 109,67 so‘m mablag‘lar va berilayotgan mablag‘larni jamiyat aksiyalari nominal qiymatiga yaxlitlash natijasida hosil bo‘lgan 9 (to‘qqiz) so‘m 67 (oltmish yetti) tiyin farq jamiyatning keyingi aksiyalar chiqariluvida davlat ulushini shakllantirishda hisobga olinadi;

 

aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, shu kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda aksiyalar uchun to‘lov sifatida berilgan vositalar belgilangan tartibda qaytariladi.

 

Tartib raqam Ovozga qo'yilgan savollar Uchun foiz Miqdor soni Qarshi foiz Miqdor soni Betaraf foiz Miqdor foiz
02 “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash. 100 34 990 505 225 0 0 0 0
Umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilingan qarorning to‘liq shakli
02

2.1. “Uzbekistan Airways” AJning aksiyalar qo‘shimcha chiqariluvi to‘g‘risidagi qarori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2.2. “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi B.Xakimovga jamiyatining qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.