Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Ofis xonalarini ta’mirlash

13 Aprel 2021
90
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Aeroport maydoni, Lokomotivnaya ko‘chasida joylashgan “Uzbekistan Airways” AJning 5 qavatlik binosidagi ofis xonalarini ta’mirlash (Servis departamenti va Uchuv xizmati departamenti binosining 5-qavatidagi xonalarni 8709-sonli resurslar hisobi bo‘yicha ta’mirlash (7 ta qism)).

“Uzbekistan Airways” AJ qurulish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

TANLOV MAVZUSI: Aeroport maydoni, Lokomotivnaya ko‘chasida joylashgan “Uzbekistan Airways” AJning 5 qavatlik binosidagi ofis xonalarini ta’mirlash.

SHARTNOMA SHARTLARI:

Qurilish-montaj ishlarini bajarish muddati 120 kundan oshmasligi kerak.

Ishlar bajarilganligi, qabul qiliningani va topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajarilgan ishlar dalolatnomasi hisoblanadi.

Pudratchi tashkilot bajariladigan ishlarning sifatini, topshirish-qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etishni va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishni kafolatlashi shart.

Pudratchi tashkilot faqat mijozning texnik nazorati vakillari bilan kelishilgan holda ishlarni bajarish uchun yuqori sifatli qurilish materiallari, konstruksiyalar va uskunalarni tanlash va sotib olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

To‘lov shartlari:

Shartnoma imzolangan kundan boshlab 10 kun ichida 30% oldindan to‘lov.

Qolgan 70% to‘lov loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining navbatdagi bosqichi bajarilganligini tasdiqlovchi bajarilgan ishlar dalolatnomalari taraflar tomonidan imzolanganidan keyin bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

To‘lov valyutasi: O‘zbekiston Respublikai so‘mi

TANLOV SHARTLARI:

Tanlovda belgilangan shartlarni bajarish imkoniyati hamda kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan firma va tashkilotlar (xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar) ishtirok etishlari mumkin.

Qurulish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha tanlovda ishrok etishni istovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

1. Ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etish uchun litsenziya (agar faoliyat litsenziyalangan bo‘lsa)

2. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma (akkreditatsiya zarur bo‘lsa)

3. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (sertifikat)

Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan, buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj holatida bo‘lgan, tanlov e’lon qilinishidan 6 oy oldin ta’sis etilgan, barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarmagan,  tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlanlash bo‘yicha komissiya talablariga javob bermaydigan tashkilot va firmalarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda ishrok etishni istovchilar tanlovda ishtirok etish uchun tijorat taklifini yuborishdan avval obyektning holati, qurilish-montaj ishlari hajmi va loyiha hujjatlari bilan tanishishi kerak.

Tijorat takliflari muhrlangan konvertlarda tanlov komissiyasi nomiga xat bilan yuborilishi lozim.

TANLOV UCHUN ARIZALAR VA TIJORAT TAKLIFLARI QUYIDAGI MANZILDA QABUL QILINADI:

Qayerga: O‘zbekiston, 1000060 GPS, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41  

Kimga: Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari – Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor U.A.Xusanovga

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilinsin: 

(99871) 254-88-91 YeIFvaTB muhandisi N.B.Kartashyova

e-mail:Natalya.Kartashova@uzairways.com 

(99878) 140-45-68 YeIFvaTB boshlig‘i R.D.Galiulin

TANLOVGA OID TAKLIFLAR 2021-YIL 29-APRELGACHA HAR KUNI 09:00dan 14:00gacha QABUL QILINADI.

Download PDF