Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish agentlari uchun hujjatlar ro‘yxati

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Ariza shakli

Agentlik kelishuvini tuzish uchun Talabgor shaxs tomonidan “Uzbekistan airways sales” Filialiga quyidagi hujjatlarning nusxalari taqdim etiladi:

  • korxonaning ustavi va korxona rahbarining pasportidan nusxalar;
  • ta’sis shartnomasi va ta’sischi/ta’sischilarning pasportlaridan nusxalar;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
  • turizm faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan ruxsatnoma/litsenziya (turfirmalar uchun), agar bunday litsenziyaning zarurligi agent faoliyat yuritayotgan mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • Talabgor ish faoliyatini bir yildan ortiq yuritayotgan taqdirda, o‘tgan yilgi ish faoliyatining moliyaviy natijalari (daromadlar, xarajatlar, o‘tgan davr foydasi) to‘g‘risidagi hisobotlarni, pul mablag‘larining oqimi to‘g‘risidagi hisobotni va buxgalteriya balansini;
  • Bankning tegishli firma blankida hisob raqamlari va MFO ko‘rsatilgan holda, amaldagi moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisob-kitob varag‘ining asl nusxasi;
  • aviatashuvlar sotuvini tashkil etish sohasidagi xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Agentga tegishli barcha muhrlarning (mavjud bo‘lsa) izi tushirilgan firma blanki.
  • Ofisning (binoning tashqi ko‘rinishi, peshlavhalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan xonadagi jihozlar) fotosuratlari;   

Talabgor belgilangan shaklda to‘ldirilgan va rahbar tomonidan imzolangan ariza hamda PDF formatida skanerlangan hujjatlarning to‘liq to‘plamini (bitta fayl ichida jamlagan holda) aviakompaniya veb-saytida ko‘rsatilgan corp.sales@uzairways.com elektron manziliga yuborishi kerak.

Ariza va zarur hujjatlar to‘plami olinganidan keyin va taqdim etilgan hujjatlar to‘plamining to‘liq emasligi aniqlangan holatlarda, Talabgorga hujjatlarni to‘la-to‘kis jamlash zarurligi to‘g‘risida xabar beriladi, binobarin zarur bo‘lgan hujjatlarning biri yoki bir nechtasining mavjud bo‘lmasligi, Talabgor shaxs bilan agentlik kelishuvini tuzish masalasi ko‘rib chiqilishini rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin. Hujjatlar to‘plami olinganidan va tekshirilganidan so‘ng, talabgorga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ko‘rib chiqilishi uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.