Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

“O‘zbek tili bayramiga “3” kun qoldi”

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

alt

O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan Maʼnodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor.

O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan.

Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan; ko‘pgina ish qurollarimiz: jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak sheʼriy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan.

Lekin bu qatʼiy qoida emas. Aksar holat desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, oinai Iskandar va hokazo.

Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi. Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy tengri so‘zlarimiz bor. Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz. Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot – uchovi ham o‘zimizniki. Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos boy va rangin.

Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan.