Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Xaridlarni rejalashtirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Xaridlar departamenti

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 5 yildan ortiq.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Texnik yoki muhandislik - iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Xaridlar, rejalashtirish va xaridlar faoliyatini monitoring qilish sohasida ish tajribasi;
  • O‘zbekiston Respublikasining xaridlar va shartnomaviy munosabatlar sohasidagi qonunchiligini bilish;
  • Xaridlarni rejalashtirish, xarid tartib-taomillarini tashkil etish va monitoring qilish tartibini bilish;
  •   Xarid rejalari ijrosini tahlil qilish va nazorat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  •   Microsoft Office dasturlarini, shu jumladan Microsoft Excel dasturlarini bilish;
  •   Tahliliy hisobotlar, xizmat hujjatlari va xaridlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  •   Tashkiliy qobilyat, mas’uliyat tahliliy fikirlash va xodimlarni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  •  O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish. 

Vazifalari:

  • Talabnomalarni qabul qilish va ulaming hisoblni yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, xarid talabnomalarining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • Tovar aktivlari balansini monitoring qilish, ma’lum turdagi tovarlarning kamaytirilmas zaxirasiga ega bo‘lish, omborda yaroqsiz bo‘lgan tovarlarni aniqlash, ularni ishlab chiqarishga jalb qilish yoki uchinchi shaxslarga sotish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Sotib olish rejalashtirilgan tovarlar/ishlar/xizmatlarning texnik tavsiflari va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish, sotib olingan tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun talablarni shakllantirishda ishtirok etish 
  • Bozor tadqiqotlari asosida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Iste’molchi so‘rovlari asosida kerakli tovarlar/ishlar/xizmatlar bo‘yicha xaridlar rejalarini ishlab chiqishni boshqarish.
  • Shartnomalarning bajarilishini va zarur tovarlar/ishlar/xizmatlar yetkazib berilishini nazorat qilish. Tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish/sotish bo‘yicha shartnomalar shartlarini kelishishda ishtirok etish.
  • Moddiy boyliklarni Ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minotini tashkil etishni va moddiy boyliklarni omborlashtirishni ratsionalizatsiya qilish va optimallashtirish sohasidagi yetakchi korxonalar tajribasini o‘rganish va bo‘lim ishining amaliyotida qo‘llash.
  • Shartnomaviy majburiyatlar shartlarini o'z vaqtida va sifatli bajarmaganlik, moddiy boyliklarning yetishmovchiligi, sifatsiz mahsulotni yetkazib berganlik uchun iste’molchilar/yetkazib beruvchilarga da’vo qilishda ishtirok etish.
  • Omborlarida belgilangan nomenklatura bo‘yicha moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etish.
  • Bozor kon’yunkturasi, АТМ va ТМВ ga bo‘lgan talab/taklif, xarid rejalarni bajarish- xaridlar jadvallari va zarur bo‘lganda bo‘limning boshqa tadbirlari bo‘yicha hisobotlar, axborotli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar tayyorlash.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham o‘z xizmat vazifalarini bajarishda O‘zbekiston Respublikasi va boshqa turli davlatlarining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amaldagi qoidalari va normalariga rioya qilish.
  • “Uzbekistan Airways” AJ va Xaridlar Departamenti ob’ektlarining aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaldagi qoidalar va tartiblarning tegishli qismda bajarilishini ta’minlash, bo‘ysunuvchi xodimlarning hushyorligi holatini doimiy baholash.
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, sanoat sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish standartlariga rioya qilishni ta’minlash
  • АТМ va ТМВ lami inventarizatsiya qilishda bevosita ishtirok etish.
  • AJ va Departament ob’ektlarining aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud qoidalar va tartiblarning bajarilishini ta’minlash, o‘ziga tegishli bo‘lgan darajada, bo‘ysunuvchi xodimlarning hushyorligi holatini doimiy ravishda baholash.
  • Mavjud me’yoriy hujjatlar, standartlar va sifat menejmenti tizimi (ISO) uchun hujjatlashtirilgan jarayonlaming tegishli qismida doimiy ravishda amalga oshirilishini ta’ minlash.
  • Во‘lim va unga bо‘ysunuvchi xodimlar ishini tashkil etish, ularga xaridlarni rejalashtirish masalalari bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish 

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Xarid faoliyatini rejalashtirish va monitoring qilish;
  • Xarid rejalarining bajarilishini tahlil va nazorat qilish;
  • Xarid tartib-taomillarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • Bozorni, narxlarni va tijorat takliflarini tahlil qilish; 
  • Xaridlarning muddatlari va samaradorligini nazorat qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining xaridlar sohasidagi qonunchiligini bilish;
  • Tahliliy hisobotlar va xizmat hujjatlarini tayyorlash;
  • Elektron xarid tizimlari va Microsoft Excel dasturida ishlash;
  • Xodimlarni boshqarish va trkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Tahliliy fikrlash, mas’uliyat va qaror qabul qilish ko‘nikmalari. 

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com