Xaridlarni rejalashtirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i
Share on social media
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Xaridlar departamenti
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 5 yildan ortiq.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Texnik yoki muhandislik - iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Xaridlar, rejalashtirish va xaridlar faoliyatini monitoring qilish sohasida ish tajribasi;
- O‘zbekiston Respublikasining xaridlar va shartnomaviy munosabatlar sohasidagi qonunchiligini bilish;
- Xaridlarni rejalashtirish, xarid tartib-taomillarini tashkil etish va monitoring qilish tartibini bilish;
- Xarid rejalari ijrosini tahlil qilish va nazorat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Microsoft Office dasturlarini, shu jumladan Microsoft Excel dasturlarini bilish;
- Tahliliy hisobotlar, xizmat hujjatlari va xaridlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Tashkiliy qobilyat, mas’uliyat tahliliy fikirlash va xodimlarni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
Vazifalari:
- Talabnomalarni qabul qilish va ulaming hisoblni yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, xarid talabnomalarining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
- Tovar aktivlari balansini monitoring qilish, ma’lum turdagi tovarlarning kamaytirilmas zaxirasiga ega bo‘lish, omborda yaroqsiz bo‘lgan tovarlarni aniqlash, ularni ishlab chiqarishga jalb qilish yoki uchinchi shaxslarga sotish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Sotib olish rejalashtirilgan tovarlar/ishlar/xizmatlarning texnik tavsiflari va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish, sotib olingan tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun talablarni shakllantirishda ishtirok etish
- Bozor tadqiqotlari asosida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
- Iste’molchi so‘rovlari asosida kerakli tovarlar/ishlar/xizmatlar bo‘yicha xaridlar rejalarini ishlab chiqishni boshqarish.
- Shartnomalarning bajarilishini va zarur tovarlar/ishlar/xizmatlar yetkazib berilishini nazorat qilish. Tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish/sotish bo‘yicha shartnomalar shartlarini kelishishda ishtirok etish.
- Moddiy boyliklarni Ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minotini tashkil etishni va moddiy boyliklarni omborlashtirishni ratsionalizatsiya qilish va optimallashtirish sohasidagi yetakchi korxonalar tajribasini o‘rganish va bo‘lim ishining amaliyotida qo‘llash.
- Shartnomaviy majburiyatlar shartlarini o'z vaqtida va sifatli bajarmaganlik, moddiy boyliklarning yetishmovchiligi, sifatsiz mahsulotni yetkazib berganlik uchun iste’molchilar/yetkazib beruvchilarga da’vo qilishda ishtirok etish.
- Omborlarida belgilangan nomenklatura bo‘yicha moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etish.
- Bozor kon’yunkturasi, АТМ va ТМВ ga bo‘lgan talab/taklif, xarid rejalarni bajarish- xaridlar jadvallari va zarur bo‘lganda bo‘limning boshqa tadbirlari bo‘yicha hisobotlar, axborotli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar tayyorlash.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham o‘z xizmat vazifalarini bajarishda O‘zbekiston Respublikasi va boshqa turli davlatlarining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amaldagi qoidalari va normalariga rioya qilish.
- “Uzbekistan Airways” AJ va Xaridlar Departamenti ob’ektlarining aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaldagi qoidalar va tartiblarning tegishli qismda bajarilishini ta’minlash, bo‘ysunuvchi xodimlarning hushyorligi holatini doimiy baholash.
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, sanoat sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish standartlariga rioya qilishni ta’minlash
- АТМ va ТМВ lami inventarizatsiya qilishda bevosita ishtirok etish.
- AJ va Departament ob’ektlarining aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud qoidalar va tartiblarning bajarilishini ta’minlash, o‘ziga tegishli bo‘lgan darajada, bo‘ysunuvchi xodimlarning hushyorligi holatini doimiy ravishda baholash.
- Mavjud me’yoriy hujjatlar, standartlar va sifat menejmenti tizimi (ISO) uchun hujjatlashtirilgan jarayonlaming tegishli qismida doimiy ravishda amalga oshirilishini ta’ minlash.
- Во‘lim va unga bо‘ysunuvchi xodimlar ishini tashkil etish, ularga xaridlarni rejalashtirish masalalari bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Xarid faoliyatini rejalashtirish va monitoring qilish;
- Xarid rejalarining bajarilishini tahlil va nazorat qilish;
- Xarid tartib-taomillarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Bozorni, narxlarni va tijorat takliflarini tahlil qilish;
- Xaridlarning muddatlari va samaradorligini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining xaridlar sohasidagi qonunchiligini bilish;
- Tahliliy hisobotlar va xizmat hujjatlarini tayyorlash;
- Elektron xarid tizimlari va Microsoft Excel dasturida ishlash;
- Xodimlarni boshqarish va trkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Tahliliy fikrlash, mas’uliyat va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: