DCS bo‘limi mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yerda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish departamenti
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Fuqaro aviatsiyasi, transport, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment yoki turdosh yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Fuqaro aviatsiyasi, yer usti xizmatlarini, yo‘lovchi tashish yoki DCS tizimlaridan foydalanish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Havo kemalariga yer usti xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bagajni rasmiylashtirish, yo‘lovchilarni samalyotga chiqarish va reysni yakunlash jarayonlarini bilish;
- Departure Control System (DCS) hamda yo‘lovchilarni ro‘xatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;
- Yo‘lovchi va bagaj tashish, aviatsiya xavfsizligi hamda yer usti xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi me’yoriy talablar va standartlarni bilish;
- Davlat, rus va ingliz tillarni mukammal bilish;
- Kompyuter, ofis dasturlari va maxsus axborot tizimlaridan ishonchli foydalana olish;
- Yuqori ish yuklamasi sharoitida tezkor qaror qabul qilish, belgilangan tartib-tamoillarga rioya qilish va operatsion vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlay olish;
- Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik, tahliliy fikralsh, stressga chidamlilik va rivojlangan ishbilarmnlik muloqoti ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Aviakompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari, aeroportlar, yer usti xizmatlari bilan samarali hamkorlik qilish
Vazifalari:
- Sotuv va bronlash, jo‘natmalarni boshqarish, yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tashkil etish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish hamda ushbu tizimlarda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. IATA va ICAOning maxsus me’yoriy va texnologik adabiyotlari bilan ishlay olish.
- “Uzbekistan Airways” AJ qatnovlariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha stansiyalar uchun DCS tizimining ma’lumotlar bazasini o‘z DCS tizimida yuritish va boshqarish.
- “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airways” AJning masofaviy stansiyalardagi DCS tizimida xizmat ko‘rsatiladigan uchinchi tomon aviakompaniyalarining havo kemalari jadvali va konfiguratsiyalariga barcha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida kiritish.
- “Uzbekistan Airways” AJning DCS tizimi ishini texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uning funksional rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, o‘zining DCS tizimini o‘rnatish imkoni bo‘lmagan aeroportlarda tashqi DCS tizimlari bilan ishlashni texnologik jihatdan muvofiqlashtirish.
- O‘zbekiston Respublikasi, MDH mamlakatlari va uzoq xorij aeroportlarida DCS tizimidan foydalanishning maksimal samaradorligini ta’minlash maqsadida uning funksional rivojlanishiga ko‘maklashish.
- Bo‘linmaga kelib tushayotgan parvozlar xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni doimiy ravishda o‘rganib borish.
- “Uzbekistan Airways” AJ DCS foydalanuvchilariga DCS tizimining ishlashi, elektron chipta muhitida yo‘lovchilar va bagajlarni tashish uchun qabul qilish va uzluksiz ro‘yxatdan o‘tish (shu jumladan interlayn) bilan bog‘liq nosozliklar yoki masalalar yuzaga kelganda malakali texnologik yordam ko‘rsatish.
- Xalqaro va mahalliy amaliyotda mavjud bo‘lgan sotuvni tashkil etish qoidalari va texnologiyalari, yo‘lovchilar, bagaj va yuk tashishni tashkil etish operatsiyalari, yo‘lovchilar va yuk mijozlariga xizmat ko‘rsatish, aviaxizmatlarni tashkil etish, yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish jarayoniga xizmat ko‘rsatuvchi hujjatlar aylanishini tashkil etish usullari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirishda ishtirok etish.
- O‘z malaka darajasini doimiy ravishda oshirib borish.
- “Uzbekistan Airways” AJ Yerda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish departamenti DCS bo‘limi boshlig‘ining barcha farmoyishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish.
- Smenalarni topshirish jurnalini yuritish va unda ish smenasi davrida yuzaga keladigan barcha nosozlik holatlarini majburiy tartibda qayd etish.
- “Uzbekistan Airways” AJning parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi siyosati”, “Uzbekistan Airways” AJning sifat sohasidagi siyosati”, PXBTning asosiy tamoyillarini bilish va ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash.
- Xavfli omillarni aniqlash tamoyillarini bilish va ularni o‘z ishida aniqlash.
- “Uzbekistan Airways” AJning Yerda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish departamenti DCS bo‘limi boshlig‘ini yuzaga kelgan xavfli omillar haqida xabardor qilish.
- Bo‘linmaga kelib tushayotgan parvozlar xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni doimiy ravishda o‘rganib borish va o‘z xizmat vazifalarini bajarishda ularning tavsiyalariga amal qilish
- O‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kamchiliklar va muammoli masalalar to‘g‘risida Yerda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish departamentining DCS bo‘limi boshlig‘ini o‘z vaqtida xabardor qilish.
- Ish yuritish, bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
- DCS va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish axborot tizimlarida ishlash;
- Yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va samalyotga chiqarish jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilish;
- Yo‘lovchi va bagaj ma’lumotlarini qayta ishlash;
- Yer usti xizmatlari aviatsiya xavfsizligi standartlarini bilish;
- Nostandart vaziyatlar va reyslarning kechikishi bilan bog‘liq holatlarni tezkor hal qilish;
- Operatsiyon jarayonlarning sifati va bajarilishini tahlil qilish hamda nazorat qilish;
- O‘zbek rus va ingliz tillarida hujjatlar bilan ishlash.
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: