Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Elektron Interlayn-kelishuvlar bo‘yicha hamkorlar

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Elektron Interlayn-kelishuv – bu elektron tashuv hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida shartnoma. Bunday kelishuv aviakompaniyaga hamkorining qatnoviga elektron chiptalar rasmiylashtirish huquqini beradi.

Bunday kelishuvlar tufayli aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i anchagina kengayadi va yo‘lovchilarga hamkor aviakompaniyaning tutashtiruvchi qatnovlarini hisobga olgan holda sayohat qilishlari uchun yo‘nalishlar ro‘yxati taklif etiladi.

Bunday aviachiptalar sotib olgan va 2 yoki undan ortiq aviakompaniyalarning bir necha  qatnovi ishtirokida parvoz qiladigan yo‘lovchilarga ularning bagajlarini oxirgi boradigan manzillariga qadar birdaniga ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rinishidagi qulaylik beriladi. Shu tariqa yo‘lovchi o‘z bagajini tranzit aeroportda qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazishdan xalos bo‘ladi.

“Uzbekistan airways” AJ Interlayn-kelishuv doirasida yo‘lovchilarni aeroportdan keyingi manzilgagacha temir yo‘l orqali tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «AccesRail» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Shu tariqa “Uzbekistan airways” AJ yo‘lovchilarida aviachiptalarini avia+t/y orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud: Toshkentdan/ga Frankfurtga/dan uchish quyidagi shaharlargacha temir yo‘l tashuvlari bilan birga tashkil qilish: Bazel, Berlin (Tegel), Berlin(Shenefeld), Bremen, Dortmund, Drezden, Dyusseldorf, Gamburg, Gannover, Kyoln-Bonn, Leypsig (Galle), Myunxen, Myunster/Osnabryuk, Nyurnberg, Shtutgart.

"Uzbekistan airways" AJning Interlayn-hamkorlari