Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

nvi

Alisher Navoiy     

O‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan.

Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan  ham shug‘ullangan. Shoir o‘zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bilimdoni sifatida shuhrat qozonadi. O‘zbek tilidagi she'rlarida “Navoiy” (“navo” - kuy so‘zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan “Foniy” (“fano” - vaqtincha, o‘tkinchi so‘zidan) va ba’zan “Navoiy” taxallusini qo‘llaydi. Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000ga yaqin misrani tashkil etadi. Shoir ijodining yuksak cho‘qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.  “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.   Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo‘lsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostonida, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi”da, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.