В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz

Поделиться в социальных сетях

Imom Ismoil al-Buxoriy 810 - 870bx

Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muhaddis olim (muhaddislik — hadislar haqidagi fan, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning islom dini uchun xos so‘zlari va ishlari haqidagi xabarlar) va ahamiyatiga ko‘ra Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi “Al Jomiy as Sahih” kitobining muallifi.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810-yil Buxoroda tavallud topgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning otasining bobosi birinchi islom qabul qilganlardan bo‘lgan.

Uning otasi muqaddas rivoyatlar baxshilaridan bo‘lgan. 5-6 yoshlaridan Ismoil Qur’on va diniy ilmlarni, xususan, hadislar o‘rganishni boshlagan. Mukammal xotira egasi bo‘lib, u o‘qiganlirini tez o‘rganib olar, so‘ngra ularni har tomonlama tahlil qilardi. 16 yoshiga kelib, u o‘sha zamonlarning barcha hadis to‘plamini yoddan bilgan.

825-yil Al-Buxoriy o‘z onasi va akasi Ahmad bilan birga haj safarini amalga oshirish uchun Makka va Madinaga yo‘l olishadi. Ziyoratni amalga oshirgach, onasi va akasi Buxoroga qaytib kelishadi, u esa turli musulmon davlatlari bo‘ylab sayohat qilib, o‘z davrining taniqli ustozlaridan ta’lim oladi.

Rivoyatlarga ko‘ra, u yuz minglab hadislarni to‘plab, ulardan 300 mingtasini yoddan bilgan. Buxoriy hayotining 42 yilini izlanishlar bilan o‘tkazadi. Kitobi ustida ishlashni u Basrada boshlaydi va uni ko‘p yillar davomida yozadi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, kitobga 1080 ta muhaddisning hadislari kiritilgan.

Manbalardan ma’lumki, u ko‘plab kitoblar yozgan bo‘lib, ular orasida “Tarixi Kabir” - “Buyuk Tarix” kitobi ham bor. “As-Sahih”ni yozgach, u Buxoroga qaytadi va barcha ilm istaganlarga ta’lim beradi, bu orqali u odamlarni savodga o‘rgatib, jamiyatga katta foyda olib keladi. Uning obro‘si shu qadar baland bo‘lganki, unga noma’lum hadis xalqda ishonchsiz hisoblangan.

O‘z irodasiga qarshi ravishda u Buxoro hukmdori Tohirid Xolid ibn Ahmad bilan nizolashib qoladi va Samarqand yoqasidagi Xartang qishlog‘iga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi va shu yerda,  870-yili vafot etadi.

Samarqand viloyatining Chelak tumani Xartang qishlog‘ida joylashgan qabri ziyoratchilarning eng hurmatga sazovor va muqaddas qadamjosiga aylangan.

XVI-asrda Imom al Buxoriyning maqbarasi oldiga masjid qurilgan va chinorlar ekilgan.

Imom al-Buxoriyning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng tarqatish maqsadida, xalqaro fond tashkil etilib, 2000 yildan buyon o‘zining o‘zbek tilidagi ma’naviy-ma’rifiy ilmiy-adabiy “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnalini chop etib kelmoqda. Allomaning kitoblaridan madrasalarda, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. sunnatlarini (muqaddas naqllar) o‘rganishda universitetning asosiy darsligi o‘rnida foydalanib kelinmoqda.