Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovozli matn uchun saytdagi matnni tanlang

Tenderlar

E'lon

13 Oktabr 2021

"Uzbekistan Airways Technics" MChJ qozonxonalarida o'rnatilgan qozonlarning metall konstruksiyalarining sanoat xavfsizligi ekspertizadan o’tkazish uchun xizmatlar ko'rsatish bo'yicha eng yaxshi taklif tanlovini e'lon qiladi.

1. Obyektlar ro'yhati:

- qozon DKVR 10/13 - 1 dona.

- qozon DKVR 6,5 / 13 - 1 dona.

2. To'lov Pudratchining hisob raqamiga O’zbek So'mida bank o'tkazmasi orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi.

- oldindan to'lov shartnoma umumiy summasining 15 foizi miqdorida Mijoz va Pudratchi tomonidan shartnoma imzolanganidan keyin 15 (o'n besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.

- 85% miqdoridagi yakuniy to'lov Tomonlar imzolagan Tugallanganlik guvohnomasi va Pudratchi tomonidan berilgan hisob-faktura asosida xizmatlar ko'rsatilganda amalga oshiriladi.

3. Pudratchiga qo'yiladigan talablar:

- qozonxonalarning keyingi ishlashi to'g'risida ekspert xulosasini majburiy berish.

- yuqoridagi xizmatlarni bajarish huquqi uchun sertifikat / litsenziyaning mavjudligi.

Tanlovda ishtirok etishga yo’l qo’yilmaydi:

- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lganlar;

- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo’lganlar;

- belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;

- ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni to’g’ri bajarmaganlar;

- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reyestrida joylashgani.

Tijorat taklifi tashkilotning blankasida xizmat ko'rsatish sharti, narxi (QQS qo'shilgan/qo’shilmagan holda), muddati, yuridik manzili va aloqa telefon raqami ko'rsatilgan holda bo'lishi kerak

«UAT» MChJ direktor vazifasini bajaruvchi Gukasyan Artur Yegishevich nomiga yuborilgan takliflar 2021 yil 27 oktyabr soat 17:00gacha jo'natuvchi va qabul qiluvchi tashkilot nomi va ko'rsatiladigan xizmat nomi yozilgan holda muhrlangan konvertda O'zbekiston, 100167, Toshkent, Aviagorodok, «UAT» MChJ manzilida qabul qilinadi.

Elektron pochta: common@airtech.uz

Tel.: (71) 255-83-11

Buyurtmachining aloqador shaxslari:

1. YTXK bosh menejeri  – Nikolish Sergey Vladimirovich, tel. (+998 90) 998-16-69)

2. Bosh mexanik – Burlutskiy Andrey Nikolaevich, tel. (+998 90) 167-27-08)