Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways’da Parvozlarni boshqarish markazi modernizatsiya qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Uzbekistan Airways aviakompaniyasida Parvozlarni boshqarish markazi (PBM) yaqin o‘tgan yil – 2019-yilda, Prezidentning aviakompaniyani tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingandan so‘ng tashkil etildi. Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati, Aeronavigatsiya parvozlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati va boshqa bo‘linmalar tarkibida aviakompaniyadagi mavjud barcha axborot oqimlarini yagona markazga yo‘naltiruvchi yangi integratsiyalashgan Parvozlarni boshqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. PBM aviakompaniyaning joriy faoliyatini tezkor boshqarish, yuzaga keladigan har qanday muammolarni hal qilish imkonini beradi. Bu yerda o‘ta muhim ma’lumotlar jamlangan bo‘lib, istalgan vaqtda havo kemalari parkini joylashuvi, ularning texnik holati, parvozga tayyorlik darajasi va hattoki parvozdagi yo‘lovchilar haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini taqdim etadi. 

Markazni modernizatsiya qilish rejasi ilg‘or jahon tajribasini tahlil qilib o‘rganib chiqqandan so‘ng amalga oshirila boshlandi. Aviakompaniya mutaxassislari Yevropa, Rossiya va Turkiyadagi shu kabi markazlarga tashrif buyurishdi. Markaz faoliyatida xodimlarni o‘qitish va yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etishga e‘tibor qaratildi. Markaz uchun yangi bino qurilishida arxitektura chizmalarni “ko‘zdan kechirdik” va qabul qildik.  

 

alt

Uzbekistan Airways bu jarayonga eng so‘nggi texnologiyalarni joriy etdi va Boeing kompaniyasining dasturiy ta’minotiga o‘tishni amalga oshirdi. Ushbu yechim parvoz haqidagi barcha ma’lumotlarni birlashtirishga va uni parvozga tayyorlanayotgan uchuvchining planshetiga elektron tarzda yuborishga yordam berdi. Telekommunikatsiya yechimlari mutlaqo yangi mahsulotni yaratgan fransuz ishlab chiqaruvchisi – SITA kompaniyasidan xarid qilindi. Bu esa aviakompaniyaning barcha havo kemalarining hozirgi holatini kuzatish, parvozdagi meteorologik vaziyatni tahlil qilish va dunyoning istalgan nuqtasida bort kompyuteri orqali ekipajlar bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi.   

PBM aviakompaniyaning parvozlar muntazamligini imkon qadar yuqori bo‘lishini va parvozlar kechikishi bilan bog‘liq omillarni minimallashtirish ustida ishlamoqda. Uzbekistan Airways aviaparki to‘liq modernizatsiya qilindi va yangi havo kemalari bilan to‘ldirilishda davom etmoqda. Bu parvozlarni rejalashtirish, havo kemalarini yo‘nalishlarga to‘g‘ri taqsimlash, havo kemalari zaxirasini shakllantirish samaradorligini oshiradi va shu orqali yo‘lovchi tashishga bo‘lgan extiyojini ta’minlashga imkon beradi.

alt

“Uzbekistan Airways 2020-yilda pandemiya tufayli cheklangan yo‘nalishlar tarmog‘ini sezilarli darajada tiklashni boshladi. Bugungi kunga qadar biz nafaqat deyarli barcha reyslarni tiklashga, balki bir qator yangi yo‘nalishlarni ochishga muvaffaq bo‘ldik. Shu bilan birga, bizning asosiy vazifamiz, ustuvorligimiz doimo parvozlar xavfsizligi bo‘lib qoladi. Xavfsizlikni ta‘minlash hamda tezkor qarorlar qabul qilish asosida yangilangan va yuqori texnologiyalarga ega Parvozlarni boshqarish markazi o‘z faoliyatini boshladi”, – dedi Shuxrat Xudaykulov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi. 

alt

PBM nafaqat joylashuvini, balki markazning ishga falsafiy yondashuvini ham butunlay o‘zgartirdi.

Qog‘ozda ishlashdan raqamli texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish va ekipaj a’zolari bilan istalgan nuqtadan turib aloqaga chiqish esa ta’minlanmoqda.   

Download PDF