Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan Airways Technics»: qariyb asrlik tarixga ega aviakorxona

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

1

12-noyabr kuni “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasining tashkil topganiga 95 yil to‘ldi. Bugungi kunda qariyb asrlik tarixga ega bo‘lgan aviakorxona samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida dunyoda tan olingan etakchilardan biri hisoblanadi.

«Uzbekistan Airways Technics» («UAT» AK) aviakorxonasining tarixi 1924 yilning 12 noyabrida “Dobrolyot” jamiyati qoshida aviatexnikalar ta’miri bo‘yicha ilk ustaxonalar ochilishidan boshlanadi. 1937 yildan esa “Dobrolyot”ning mehnat faoliyatini uning negizida tashkil etilgan fuqaro aviatsiyasining 243-sonli zavodi davom ettirdi. 2002 yilda ushbu zavod «Uzbekistan Airways Technics» aviata’mirlash korxonasiga aylantirildi.

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi tomonidan g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar ekspluatatsiyasining boshlanishi 1997-yili aviakorxona negizida g‘arb texnikasiga xizmat ko‘rsatish Markazi tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. 1998-yilda markaz mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyoda birinchi bor A310 samolyotiga “C-check” hajmidagi texnik xizmat ko‘rsatildi. Aviakorxona mutaxassilari tomonidan havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishning «C-check», «A-check», «D-check» kabi turlari to‘liq o‘zlashtirilgan. 2016-yil 28-yanvarda aviakorxonada samolyotlarning kompozit materiallarini ta’mirlash Markazi ishga tushirildi. Milliy aviakompaniya va xorij kompaniyalari samolyotlarini ta’mirlash, ularga barcha turdagi texnik xizmat ko‘rsatish bazasi hamda malakali mutaxassislarga ega «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi xodimlarining tajriba va malakalari ICAO, EASA, IOSA/IATA, BDCA, AR DAKning eng yuqori talablariga muvofiq keladi va tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

2

Samolyotlar, dvigatellar va ularning komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasida 95 yillik tajribaga va xalkaro sertifikatlarga ega «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi hozirda Boeing 757, Boeing 767, Airbus 320, Boeing 787 Dreamliner samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, IL-76TD samolyotlari, AI-25 dvigatellari, TA-6, TA-6A, TA-8 – yordamchi kuch qurilmalarini ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, u Samolyot-ta’mirlash majmuasi, Havo kemalarini bo‘yash uchun angar, G‘arbda ishlab chiqarilgan komponentlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, Yumshoq jihozlar tayyorlash sexlarini, shuningdek, Tayanch (bazaviy) metrologiya xizmati va kimyoviy tahlil laboratoriyasi, Kompozit materiallardan tayyorlangan mahsulotlar, Nazorat qilish usuli bo‘yicha ishlarni amalga oshirish va Planyorni ta’mirlash uchastkalarini o‘z ichiga oladi.

3

Hozirda aviakorxonaning ishlab-chiqarish quvvati, nafaqat “Uzbekistan Airways” samolyotlariga, balki xorij kompaniyalari, jumladan, “Uralskiye avialinii» (RF), «Rossiya» (RF), «VIM-AVIA» (RF), «SCAT» (Qozog‘iston), «Tatarstan» (RF), «Yakutiya» (RF), « AEROSVIT» (Ukraina), «Sibir» (S7) (RF), «Air Astana» AJ (Qozog‘iston), «AirItaly» (Italiya), «Iceland Air» (Islandiya) va «Turkmenxovayollaro‘» (Turkmaniston) aviakompaniyalarining havo kemalarida bazali texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Aviakorxona mutaxassilari Boeing 737 samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘zlashtirish hamda aviakorxona hududida Boeing 787 («Dreamliner») samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi yangi angar qurilishi ishlarini rejalashtirmoqdalar. Angarning salohiyati, aviakorxonaga xizmat doirasini kengaytirish, chet ellik buyurtmachilarni jalb etish va ularning sonini ko‘paytirish imkonini beradi.

4

Dunyoga mashhur Airbus Industrie, Boeing Company, Lufthansa Technik, British Aerospace, Pratt & Whitney, Messier-Bugatti, Goodrich, CFM AJW, Honeywell kompaniyalari G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishda aviakorxonani texnik qo‘llab-quvvatlab turgan hamkorlar hisoblanadi. Shuningdek, Sharqiy aviatexnikalarni ta’mirlash bo‘yicha an’anaviy tarzda samolyot, dvigatel va komponentlar ishlab chiquvchisi va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida “Uzbekistan Airways Technics” avikorxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirildi va bugun o‘z faoliyatini “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati muassisligida davom ettiradi.

“Bizning xizmatimiz ishonchli parvoz kafolatidir!” mezoni asosida mehnat qilayotgan aviakorxona jamoasi bundan keyin ham o‘z faoliyatida, birinchi navbatda, sifat standartlariga amal qilgan holda taqdim etilayotgan xizmatlar turining yuqori darajasini taminlash, texnik xizmat ko‘rsatishda samolyotning turib qolish vaqtini qisqartirish, korxonani jahon talablari asosida bosqichma-bosqich modernizatsiyalash va mazkur yo‘nalishda maqsadli ishlarni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

 

Download PDF