Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Asia Connect: Aviation Strategy konferensiyasida ishtirok etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

13-iyun kuni Toshkentda aviatsiya sohasining joriy holati va rivojlanish perspektivalari haqida “Asia Connect: Aviation Strategy” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada aviatashuvlar bozorining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar Markaziy Osiyo mintaqasi va qo‘shni mamlakatlarda aviatsiya sohasida biznes yuritish haqidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

alt

Tadbir davomida, Airbus kompaniyasi Uzbekistan Airways’ni 30 yillik muvaffaqiyatli hamkorlik bilan tabrikladi va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Uzbekistan Airways aviaparkida barcha tor korpusli havo kemalari Airbus A320/A321 turiga moslashtirilgan. Ayni damda aviakompaniya 17 ta Airbus havo kemalaridan uzoq va qisqa masofadagi magistral yo‘nalishlarida foydalanmoqda

Uzbekistan Airways o‘zining havo kemalar parkini yanada takomillashtirish va kengaytirish yo‘lida Airbus konserni bilan yanada samarali hamkorlik olib borishiga ishonchi komil.

alt

O'zbekiston Respublikasi aviatsiya tarmog'ini rivojlantirish mavzusidagi munozara doirasida aviakompaniya boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Umid Husanov boshchiligidagi Uzbekistan Airways delegatsiyasining nutqi alohida qayd etildi. Tadbirda rejalashtirish mavzusi ham ko‘rib chiqildi, shuningdek, mamlakat aviatsiya bozorini rivojlantirishning ijobiy drayverlari qayd etildi. Savollarga javob berish jarayonida Umid Abrorovich Toshkent xalqaro aeroporti negizida Markaziy Osiyo xabini tashkil etish va Uzbekistan Airways tomonidan bu maqsadga erishishga ko'maklashuvchi zarur strategik chora-tadbirlar mavzusi ham ochib berdi.

Download PDF