“Katta haj” amallarini bajarish istagini bildirgan O‘zbekistonlik ziyoratchilar 24-iyuldan 3-avgustga qadar Saudiya Arabistonining Madina shahriga zamonaviy, qulay Boeing-787 havo laynerlarida yetkaziladi. Ziyoratchilarni Jidda shahridan o‘z vatanlariga qaytarish 17-avgustdan 1-sentabrgacha rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, respublika aeroportlarida va MAK samolyot sahnlarida yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Aerovokzallarda ibodat uchun namoz xonalari mavjud, maxsus ishchi guruhi ziyoratchilarga bojxona rasmiylashtiruvlaridan hamda qatnovga ro‘yxatdan o‘tishga yordam beradi.
Uchib ketish zallarida ularga yengil nonushta beriladi, havo kema sahnida esa, “Ketring” korxonasining maxsus taomnomasi asosida sifatli va mazali taomlar taqdim etiladi.