Auditor
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ
Talab etiladigan ish tajribasi: 6 yildan kam emas
Bandlik turi: to‘liq bandlik, to‘liq ish kuni
Bilishi shart:
• Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-uslubiy materiallar;
• Audit, audit uslubiyati va jarayonlari, ichki audit standartlari;
• Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuritish tartibi, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
• Korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullari;
• Tekshiruvlar o‘tkazish va hujjatli audit o‘tkazish qoidalari;
• Pul aylanmalari, kredit, narx belgilash tartiblari;
• Biznesni tashkil etish va yuritish qoidalari;
• Soliq tizimining asoslari, soliqlarni hisoblash tartibi;
• Mehnat, moliya, soliq va iqtisodiyot qonunchiligi.
Vazifalari:
• Korxonaning moliyaviy va boshqaruv hisoboti tekshuvlarini amalga oshiradi, uning ishonchliligini tahlil qiladi, uni tuzish va taqdim etishning o‘z vaqtida bajarilishini baholaydi;
• Buxgalteriya jarayonlarini unifikatsiyalash va standartlashtirishni tashkil qiladi;
• Audit rejasini va audit byudjetini tuzadi va korxona rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
• Tasdiqlangan rejaga muvofiq korxona bo‘linmalarida audit va tekshiruvlarni amalga oshiradi;
• Korxona byudjetining bajarilishini nazorat qiladi;
• Shartnomalar loyihalarining ekspert baholashini amalga oshiradi, tuzilgan bitimlar (shartnomalar) va ularning natijalari buxgalteriya hujjatlarida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishini nazorat qiladi;
• Korxonada yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashqi va ichki xavflarni aniqlaydi va tahlil qiladi;
• Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar, tahliliy va eslatmalar tuzadi, ekspert xulosalarini beradi;
• Lavozim yo‘riqnomasidagi boshqa ishlar.
Lavozim talablari:
• Iqtisod va/yoki moliya mutaxassiligi bo‘yicha oliy ma’lumot;
• Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribasi;
• Auditor sifatida kamida 2 yil ish tajribasi;
• Shaxsiy kompyuterdan foydalanish ustasi;
• IFRS va CAP (sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter), CIPF (sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter), ACCA, DipIFR bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlik;
• 1C:8.3 korxona, QUICKBOKS dasturini bilish;
• Rus, o‘zbek va ingliz tillarini mukammal bilish.
Asosiy ko‘nikmalar:
• O‘zbek tili – C2 – mukammal darajada;
• Rus tili – C2 – mukammal darajada;
• Ingliz tili – C1 – yuqori rivojlangan darajada;
• Ichki audit;
• Audit;
• Audit tekshiruvlari;
• XMHS;
• Moliyaviy hisobotlar.
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Toir.Pardaev@uzairways.com
Erkin.Alimov@uzairways.com