We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘limi mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Xaridlar departamenti

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan ortiq.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Texnik, iqtisodiyot yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Xaridlar, ta’minot yoki moddiy-texnika ta’minoti sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • O‘zbekistaon Respublikasining xaridlar va shartnomaviy munosabatlar sohasidagi qonunchiligini bilish;
  • Xarid jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini bilish;
  • Moddiy-texnik boyliklariga bo‘lgan ehtiyojni shakillantirish va xaridlarni rejalashtirish tamoyillarini tushunish;
  • Bozorni tahlil qilish, narxlar monitoringini olib borish, tijorat takliflarini o‘rganish va yetkazib beruvchilarni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Yetkazib berish shartnomalarini tuzish va ijrosini kuzatib borish tartibini bilish;
  • Xarid hujjatlari, texnik topshiriqlar, spetsifikatsiya va tahliliy materiallarini tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • MS Office dasturlaridan, xususan Excel va Word dasturlaridan erkin foydalana olish;
  • Davlat, rus va ingliz tillarini bilish. 

Vazifalari:

  • Iste’molchilarning arizalari bo‘yicha Tovar-moddiy boyliklarni (ТМВ) sotib olishni tashkil etish.
  • Yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzilishini tayyorlashni ta’minlash, yetkazib berish shartlari va muddatlarini kelishish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq muddatli iqtisodiy niunosabatlar o‘rnatish imkoniyati va maqsadga muvofiqligini o‘rganish, shartnomaviy hujjatlar loyihalarini vizalash.
  • Zarur bo‘lgan ТМВ, xizmatlarni eng maqbul sharoitlarda sotib olish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida yetkazib beruvchi korxonalarning takliflari bo‘yicha tezkor marketing ma’lumotlari, reklama materiallarini o‘rganish.
  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‘lash masalalari bо‘yicha Xaridlar Departamenti va AJning manfaatdor xizmatlari bilan birgalikda yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.
  • Qabul qilinayotgan va yuborilayotgan tovarlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi, sertifikatlash /standartlashtirish uchun zarur bо‘ lgan hujjatlarni tayyorlash.
  • Omborlarga qabul qilish va saqlash vaqtida tovarlarning holatini tekshirish va tashqi brak/yetishmovchilik /navlarning aralashib ketishi aniqlangan taqdirda moddiy boyliklarni almashtirish choralarini ko‘rish, tovarlarning to‘liqligini nazorat qilish.
  • ТМВ sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish, likvid bo‘lmagan aktivlarning shakllanishini bartaraf etish bo‘yicha xizmatlar, foydalanilmayotgan tovar-moddiy boyliklarni aniqlash, ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish va sotish orqali moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish, ortiqcha va eskirgan ТМВ ni sotish.
  • Shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq moddiy resurslarni yetkazib berish/olib kelish, ularning miqdori, sifati va to‘liqligini nazorat qilish hamda korxona omborlarida saqlanishini ta’minlash.
  • Yuridik xizmat bilan birgalikda yetkazib beruvchilarning shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda ularga nisbatan da’volarni tayyorlash, ushbu da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni tayyorlashni nazorat qilish, tuzilgan shartnomalar shartlariga o‘zgartirishlar kiritishni yetkazib beruvchilar bilan kelishish.
  • AJ va O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga muvofiq Departament omborlariga moddiy boyliklarni qabul qilish va sarflash bo‘yicha birlamchi hujjatlarni tayyorlash;
  • Ishlab chiqarish zarurati tug‘ilganda shartnomalar, buyurtmalar va boshqa hujjatlar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olish va ularni Departament omboriga xavfsiz va sog‘lom yetkazib berishni ta’minlash.
  • Tegishli solishtiruv dalolatnomalarini tayyorlaydi va tasdiqlaydi, AJ kontragentlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarda qatnashadi;
  • O‘z lavozim majburiyatlarini bajarish doirasida davlat tili va ingliz tillarini bilish;
  • Тegishli ish uchastkasi bо‘yicha ma’lumotlarni hisobot berish uchun tayyorlash, hujjatlarning saqlanishini ta’minlash, ularni belgilangan tartibda arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Xarid jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish ko‘nikmasi;
  • Bozor tahliliy va moddiy-texnika boyliklari narxlari monitoringini amalga oshirish;
  • Yetkazib beruvchilarning tijorat takliflarini tahlil qilish va baholash;
  • Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish; 
  • Xarid hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish;
  • Shartnomaviy hujjatlar bilan ishlash va yetkazib berish shartnomalari ijrosini kuzatish; 
  • Elektron xarid platformalari va axborot tizimlaridan foydalanish;
  • MS Office dasturlarida ishlash;
  • Tahliliy fikrlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash;
  • Ishbilarmonlik yozishmalari va tarkibiy bo‘linmalar bilan samarali hamkorlik qilish;
  • Mas’uliyatlilik, diqqat-e’tibor, tartiblilik va natijaga yo‘naltirliganlik.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com