We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Xavf-xatarlarni boshqarish bo‘limi mutaxassis

Share on social media

Работодатель:

Mutaxassis

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Xavf-xatarlarni boshqarish bo‘limi

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Minimal ta’lim darajasi: oliy ma’lumot; 
  • Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
  • Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
  • Og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, muzokaralar olib borish va  rasmiy yozishmalar ko‘nikmalari;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi;

Vazifalari:

  • Korporativ xavflarni boshqarishni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tamoyillar va uslubiy materiallar (ERM), COSO ERM, ISO 31OOO standartlari, ichki nazorat tamoyillari, xavflarni aniqlash, baholash, tartiblash va monitoring qilish usullari, xavf-xatar xaritasi, xavf-xatar reestri va asosiy xavf ko‘rsatkichlarini (KRl) tuzish usullari, ichki nazorat va boshqaruv hisoboti tizimlariga qo‘yiladigan talablar, Jamiyatning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari, Jamiyat iqtisodiyoti asoslari, operatsion jarayonlar, logistika, ishlab chiqarish sikllari, ERM uchun zamonaviy IT yechimlari, avtomatlashtirish tizimlari, BI-tahlilni bilish;
  • COSO ERM / ISO 31OOO va tasdiqlangan metodologiyaga muvofiq korxonaning korporativ xavflarni boshqarish (ERM) tizimini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish;
  • Xavflar reestri, xavf-xatarlar xaritasi, KR1, xavf-xatarlar matritsasi va xavflarni baholash va monitoring qilishning belgilangan tartib-qoidalari bo‘yicha hujjatlarni yuritish va yangilab borish;
  • Jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlari, shu jumladan moliyaviy, operatsion, ishlab chiqarish, investitsiya, yuridik, ESG, IT-xatarlar bo‘yicha xatarlarni aniqlash bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish va natijalarni bo‘lim boshlig‘iga taqdim etish;
  • Bo‘lim boshlig‘i rahbarligida ssenariy tahlili, stress-test o‘tkazish va xavf darajasini aniqlashni o‘z ichiga olgan miqdoriy va sifatli xavflarni baholashda ishtirok etish;
  • Hodisalar va aniqlangan og‘ishlarning asosiy sabablarini (root-causes) tahlil qilish, xavflarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Strategik va operatsion rejalashtirish, byudjetlashtirish, investitsiyalarni tahlil qilish, xaridlar jarayonlariga tavakkalchiliklarni boshqarish integratsiyasini ta’minlash;
  • Reestrga kiritishdan oldin bo‘linmalar tomonidan xavflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘g‘riligini nazorat qilish;
  • Jamiyat rahbariyati uchun xavf-xatarlar to‘g‘risida muntazam ravishda hisobotlar tayyorlash;
  • Xatarlarni boshqarishning P-vositalari, ERM monitoringining elektron tizimlarini joriy etish va ulardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash;
  • Ichki me’yoriy bazani ishlab chiqish va yangilashda ishtirok etish: ERM bo‘yicha nizomlar, metodologiyalar, reglamentlar, tartib-qoidalar.

 Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja;
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja;
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja;
  • O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilish;
  • Xavflarni kamaytirish choralari ishlab chiqarish va ijrosini nazorat qilish;
  • Xavf hodisalari bo‘yicha katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘isg va tahlil qilish;
  • ICAO, IATA va milli regulyator talablarini bilish va amalda qo‘llash;
  • Rasmiy yozishmalar va rahbariyatga hisobot tayyorlash va o‘tkazish;
  • Tanqidiy fikrlash;
  • Mas’uliyat, intizom.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com