We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Huquqiy ekspertiza bo‘limi yuriskonsulti

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Yuridik boshqarma, Huquqiy ekspertiza bo‘limi 

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oliy yuridik ma’lumot
  • Sud va huquq sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining fundamental bilimlari;
  • Kuchli og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari va  rasmiy yozishmalar ko‘nikmalari;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi

Vazifalari:

  • O‘zbekiston Respubikasi qonunchiligida va AJning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan shartnomalar, kontraktlar va kelishuvlarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibiga rioya etilishini ta’minlashi;
  • Bo‘limga taqdim etilgan shartnomalar, kontraktlar, kelishuvlar va huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishi, qonunchilikka muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlashi va imzolashi;
  • Shartnomaviy-huquqiy munosabatlami amalga oshirishda AJ tarkibiy bo'linmalari va korxonalariga maslahatlar berishi va amaliy yordam ko‘rsatishi;
  • Huquqiy шasalalarni ko'rib chiqishda sud va boshqa davlat organlarida belgilangan tartibda AJ manfaatlarini himoya qilishi;
  • Xodimlarga amaldagi qonunchilik to‘g‘risida ma’lumot berishi, un qo‘llash amaliyotini tushuntirishi;
  • Ekspertizaga yoki davlat organi bilan kelishishga taqdim etilgan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishi, ularning O‘zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, qonun texnikasi qoidalariga muvofiqligi, havola normalarini qo'llash asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlashi;
  • AJ faoliyatida qonun buzilishlari aniqlanganda ularni bartaraf etish va oldini olish bo'yicha zarur choralarni ko‘rish uchun bu haqda boshlig‘iga xabar berishi;
  • Tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkaziladigan tekshiruvlarni o‘tkazishda ishtirok etishi;
  • Xodimlarga ularning murojaatlariga ko‘ra huquqiy hujjatlarni qidirishda yordam ko‘rsatishi, zarur hollarda ularning qoidalarini tushuntirishi;
  • Lavozim vazifalarini bajarish hajmida davlat va ingliz tillarini bilishi, shuningdek, kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini bilish
  • Huquqiy ekspertiza o‘tkazish
  • Shartnomaviy va huquqiy munosabatlarni amalga oshirish.
  • Qonunbuzarliklarni bartaraf etish.
  • Stressga bardoshlilik, mehnatsevarlik

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com