We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga

Share on social media

anv

Alisher Navoiy

O‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan.

Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan  ham shug‘ullangan. Shoir o‘zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bilimdoni sifatida shuhrat qozonadi. O‘zbek tilidagi she'rlarida "Navoiy" ("navo" - kuy so‘zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan "Foniy" ("fano" - vaqtincha, o‘tkinchi so‘zidan) va ba’zan "Navoiy" taxallusini qo‘llaydi. Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000ga yaqin misrani tashkil etadi.

***

Jonimdog`i «jim» ikki dolingg`a fido,
Anding so`ng «alif» toza niholingg`a fido,
«Nun»i dog`i anbarin hilolingg`a fido,
Qolg`on iki nuqta ikki xolingg`a fido.

Shoir ijodining yuksak cho`qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo`lib, turkiy tilda to`liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko`lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.  “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab`ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo`lsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostonida, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi”da, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.