Mahmudho‘ja Behbudiy (1875-1919)
Maxmudxo‘ja Behbudiy alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o‘quv metodikasi lideri.
Behbudiy 1875-yil 20-yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan.
Adabiyot, tarix fanlari bilan birga Maxmudxo‘ja siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishib borgan. Makka, Misr hamda Istanbulga bo‘lgan sayohatlari uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi, ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi.
Behbudiy “Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek va tojik tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy" - "Kiskacha umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" - "Bolalar uchun kitob" (1904) va boshqalar. Bexbudiyning yozuvchilik poydevori nuqtasi 1911-yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi keltirilgan. Drama ilk bor 1912 -yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan, 1913-yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan.
Behbudiyning sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama janrining barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining birinchi qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuxsina-Fikriyaning “Farzandsiz Ochildiboy” va boshqa bir qator asarlarning yaratilishida turtki bo‘ldi.
Behbudiy 1919-yil Qarshida sayohat davrida qo‘lga olindi va Said Olimxonning buyrug‘iga binoan qatl etildi.
Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi».
Qarshi shahri 1920-1930-yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937-yilga kelib qatag‘on qilinadi va 1956-yilda oqlanadi.
Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga xizmat qilmoqda.
1977-yil Behbudiyning “Saylanma”si chop etildi. Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi kunda ko‘chalar va maktablarga uning nomi berilgan.
U 1899-yilda hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga ega bo‘lib qaytgan. Qarshi shahri 1920-1930-yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan.
Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug‘rofiya» 1903), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar uchun kitob», 1904), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi», 1904), «Amaliyoti islom» (1905), «Rusiyaning qisqacha jug‘rofiyasi» (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan.
Uning 1901-yildan boshlab «Turkiston viloyati gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so‘z», «Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyna» kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyiarvar kishilar va, ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.
U ayni chog‘da yangi usuldagi maktablarning asoschisi va targ‘ibotchisi, yangi darsliklarning ilk muallifi ham bo‘ldi. Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi.