Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Yo‘qolgan bagaj

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Bagajning yo‘qolishi – tashuv shartnomasining buzilishidir, bunda tashuvchi bagajni yetkazish va qidirish bo‘yicha belgilangan muddatning tugashi munosabati bilan yukning yo‘qolishi, yanglishib boshqa yo‘nalishda jo‘natilishi yoki oraliqdagi aeroportda berib yuborilishidan qat’iy nazar  to‘la huquqli qabul qiluvchiga topshira olmaydi. Qidiruv davomida bagaj 21 kun ichida topilmasa, u yo‘qolgan deb hisoblanadi.

Bagaj topilmagan holatda, yo‘qotilgan bagaj zararini qoplash haqida arizachi yozma da’vo berishga va u belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqilishini talab qilishga haqli.

lost-luggage

Bagaj yetib kelish kuning ertasidan boshlab 21 kalendar kuni ichida topilmasa, u yo‘qolgan deb hisoblanadi. Bunday holatda qidiruv xizmati yo‘lovchini bagaji yo‘qolganligi haqida yozma tarzda xabardor qilishi va birinchi yoki oxirgi tashuvchi nomiga zararini qoplash haqida ariza yuborishni taklif etishi shart, shuningdek, bagajni qidirish bo‘yicha barcha mavjud dalillarni aeroport yoki aviakompaniyaning da’volar xizmatiga ko‘rib chiqish va zararni qoplash masalasini hal etish uchun taqdim etishi kerak.

Yukka shikast yetkazilganda, yuk olinganidan so‘ng 7 kun ichida, keltirilgan zararni qoplash to‘g‘risida yozma da’vo qilishingiz mumkin.

Yuk ichida kamomad aniqlansa, qatnov tugaganidan so‘ng 7 kun ichida keltirilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi yozma da’vo keltirishingiz mumkin.

Agar yukingis etib kelmasa, kelgan qatnovingizda yuk berish jarayoni tamom bo‘lishi bilan bu to‘g‘risida qidiruv bo‘limiga murojaat qilishingiz shart. Topshirilgan va amalda olingan yuk og‘irligi o‘rtasidagi tafovutni aniqlash uchun, olingan bagajni (agar bo‘lsa) ko‘rsatishingiz lozim. Yukingiz 21 kun davomida qidiriladi. Ana shu muddatda siz yukingizni yetkasib berilishi kechiktirilganligi to‘g‘risida da’vo qilishingiz mumkin.

Agar yuk 21 kun ichida topilmasa, yo‘qotilgan bagaj zararini qoplash haqida yozma da’vo berishingiz mumkin.

Aviakompaniya da’vo xizmati, yozilgan da’voni ko‘rib chiqib, 3 oy mobaynida, agar yuk bir necha aviakompaniya tomonidan tashilgan bo‘lsa 6 oy mobaynida natijasini yo‘lovchiga yetkazadi.