Xorijiy mamlakatlarda aviatashuvlarni sotish agentiga belgilangan talablar
Talabgor umumiy maydoni kamida 12 kv.metrdan iborat shaxsiy yoki ijaraga olingan ofis binosiga (xonalariga) ega boʻlishi kerak, u yerda:
- Aviatashuvlarni sotishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi;
- Aviakompaniyaning reklama va axborotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun maxsus joylar;
- Ishonchli qulflanadigan kirish va chiqish joylari, mustahkamlangan va himoyalangan deraza romlari, hujjatlar va pul tushumlarini xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus vositalar va jihozlar;
- Xodimlar uchun barcha zarur terminal va texnologik uskunalar va vositalar bilan jihozlangan ish joylari;
- Kirish joyida agentning o‘z nomi, ofisning ish vaqtlarining tartibi, aviatashuvlarini sotish amalga oshiriladigan aviakompaniya(lar)ning nomi va ularning ish kunining tartibi hamda aloqa vositalarining raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan peshlavhalar mavjud bo‘lishi kerak, shu bilan bir qatorda bunday sotuv punktlari aviakompaniyaning yoki “Uzbekistan airways sales” Filialining ofislari deb, ko‘rsatilishi mumkin emas.
5. Talabgor “Uzbekistan airways” AJ va boshqa aviakompaniyalar va/yoki rasmiy xalqaro yoki davlat aviatransport tashkilotlari va muassasalari bilan bir xil nomga ega bo‘lmasligi/foydalanmasligi kerak, shuningdek, sotuv ofislarini, blankalarini, reklama materiallarini va o‘ziga tegishli internet veb-saytini yoki mobil ilovasini belgilashda Tashuvchi logotipidan foydalanmasligi zarur.
Faqatgina imzolangan agentlik kelishuvida ko‘rsatilgan nom(lar) ostida Talabgor o‘z faoliyatini amalga oshirishi yoki unga tegishli har bir ofis ham aynan xuddi shu nom ostida ish yuritishi mumkin.
6. Talabgor shaxs tomonidan aviatashuvlarni sotish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun unga tegishli bo‘lgan ofisning arizada ma’lum etilgan manzili – uning doimiy va haqiqiy joylashuv manzili (yuridik manzili) bo‘lishi shart, shu bilan birga “Uzbekistan airways” AJ ofisi sifatida ko‘rsatilmasligi kerak.