Xorijdagi agentlikka nomzodlar uchun hujjatlar ro’yxati
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
«Uzbekistan Airways» AJ yuk tashishlarni sotish bo'yicha agentlik (xorijdagi) nomzodlariga qo'yiladigan talablar
Agentni tayinlash tartibi:
Nomzod tomonidan o’rnatilgan tartibda so’rovnomani “Uzbekistan Airways” AJ manziliga yuborish. So’rovnomaga quyidagi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalar to'plami ilova qilinadi:
- Nomzodning so’rovnomasi (word doc.);
- Tashkilot Nizomi;
- Tashkilot ta’sis shartnomasi;
- Davlat ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma;
- Tashkilot rahbari va bosh buxgalteri to’g’risidagi to’liq ma’lumotnoma;
- Havo orqali tashishni sotish va yuklarni qayta ishlash bilan shug'ullanish huquqiga ega bo’lganlik to’g’risidagi litsenziya yoki sertifikatlar;
- Havo orqali yuk tashishlarni sotishni tashkil etish sohasidagi xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;
a) yuk tashishni tashkil etish / sotish bo’yicha – 2 kishi.
b) xavfli yuklarni xavfsiz tashish bo’yicha – 2 kishi.
- Nomzodning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi ma’lumotlar (bank hisob varag’ining, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob varag’ining joriy holati to’g’risidagi ma’lumotnoma, muddati o’tgan kreditorlik/debitorlik qarzlarning yo’qligi to’g’risidagi hujjat - xizmat ko’rsatuvchi bankdan ma’lumotnoma), shuningdek buxgalteriya hisoboti, so’nggi hisobot yili uchun auditorlik xulosasi, agar Nomzod tashkilot bir yildan ortiq faoliyat yuritgan bo’lsa;
- Binolarni ijaraga berish shartnomasi va ofisning fotosurati (fasad va ichki interyer);
- Tashkilotning barcha mavjud blanka muhrlari va Nomzodning nomiga tegishli elektron pochta manzili.