Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

2022-yil 19-oktabr kuni “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatining “O‘quv-mashq markazi”da aviaxodimlar uchun “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
“Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” Aksiyadorlik jamiyatlari hamda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” rahbariyati va xodimlari ishtirok etgan bayram tadbiriga elimiz ardog‘idagi adabiyot va sanʼat xodimlari hamda OAV vakillari tashrif buyurishdi.

alt

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, latofatli aktrisa Dilnoza Kubayeva, Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri aktyori va xonandasi Baxtiyor Axmedov o‘zbek tilining ahamiyati, nufuzi, uning naqadar boyligi haqida so‘z yuritib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladilar.

alt

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bayramning badiiy qismida mehmonlar, Toshkent shahridagi 346-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari va 21-musiqa maktabi o‘quvchilarining musiqiy chiqishlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan mehmonlar va ishtirokchilarga esdalik sovg‘lari taqdim etildi.

alt