Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

"Uzbekistan Airways" - "Vnukovo" aeroportining punktuallik reytingi yetakchisi

4 Dekabr 2019
63
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

“Vnukovo” xalqaro aeroporti (Rossiya) 2019-yil bahor-yoz mavsumi yakunlari bo‘yicha "Aviakompaniyalarning punktuallik reytingi" sovrindorlarini mukofotladi. “Uzbekistan Airways” bir vaqtning o‘zida - “100 mingdan 1 milliongacha yo‘lovchilar oqimi toifasidagi eng punktual aviakompaniya” va “Muntazam xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” nomonatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ta‘kidlash joizki, "Uzbekistan Airways" “Vnukovo” aeroporti mukofotini birinchi marta qo‘lga kiritayotgani yo‘q. O‘zbekistonning aviakompaniyasi 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumi natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan punktuallik reytingida "Eng jadal rivojlanayotgan xorijiy aviakompaniya" nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi.

Bugungi kunda "Uzbekistan Airways" tomonidan “Vnukovo” xalqaro aeroportiga haftasiga 49ta qatnov, Toshkentdan 21ta va mahalliy aeroportlardan 28ta qatnov amalga oshiriladi.

 

Download PDF