Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways va Airbus hamkorligining 30 yilligini nishonlamoqda

16 Iyun 2023
18
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Uzoq hamkorlikda bajarilgan ishlar, Airbus zavodlariga xizmat safari, Germaniya va Fransiyada uchuvchilarni qayta tayyorlashdan so‘ng, 1993-yil 16-iyunda aviakompaniya birinchi Airbus A310 havo kemasini qabul qilib oldi. Ko‘p o‘tmay, aviapark shu turdagi yana ikkita havo kemasi bilan ko‘paytirildi.

Airbus A310 laynerlari Toshkentdan Nyu-York, Moskva, London, Frankfurt, Amsterdam, Istanbul, Tel-Aviv, Bangkok, Kuala-Lumpur va Seulga parvozlarni amalga oshirgan. Har bir havo kemasi 192 yo‘lovchiga mo‘ljallangan keng va shinam salonlarga ega edi.

30 yildan keyin, 2023-yil 16-iyun kuni aviakompaniya parki o‘n sakkizinchi Airbus A320neo havo kemasi bilan to‘ldirilmoqda va shu yil oxirigacha yana to‘rtta ushbu turdagi havo kemalarini qabul qilish kutilyapti.

Download PDF