Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan Airways» Seulga bo'lgan qatnovlarni vaqtincha to'xtatib turadi

29 Fevral 2020
121
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

2020-yilning 1-martidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O'zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo'lgan qatnovlarni vaqtincha to'xtatib turadi.

HY514 reys bilan 29-fevral kuni Seuldan uchadigan yo'lovchilar kelishlari bilan vaqtinchalik turar joyga jo'natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent aeroportida kutib olmasligingizni so'raymiz. 

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o'tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o'tkazilayotganligi haqida qo'shimcha ma'lumot bermoqdamiz.

Yo'lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishlari masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276 49 66 telefon raqami orqali murojaat qiling.

Download PDF