Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Qo‘qon aeroportiga texnik aviaqatnov amalga oshirdi

20 Mart 2024
49
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Bugun, 2024-yilning 20-mart kuni Uzbekistan Airways tarixida ilk marta Toshkent – Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha texnik parvoz amalga oshirildi.

Ekipaj a’zolari – uchuvchilar Amrillo Nutfullayev, Bektemir Gereyev va Sergey Bikov boshqaruvidagi Airbus A320neo havo kemasi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrining yangilangan aeroportiga qo‘ndi. Uchuvchi Amrillo Nutfullaev ushbu parvoz taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

  • Havo ochiq edi, ertalab soat 8.00 da Toshkentdan uchib ketdik. 228 kilometr havoda uchib, atigi 33 daqiqada parvozni amalga oshirdik. Aviatsiya an’analariga ko‘ra bizni suv arkasi bilan kutib olishdi. Texnik jihatdan bo‘lsada, birinchi reysni Qo‘qon shahrida yangilangan aeroportga amalga oshirganimdan juda xursandman, – deydi Amrillo Nutfullayev.

Eslatib oʻtamiz, Qoʻqonga parvozlar 20 yildan ortiq amalga oshirilmagan va ajoyib Navroʻz bayrami arafasida Toshkent va Qoʻqon aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab yana bir sayohat manzili paydo boʻldi.

Download PDF