Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways MRO America xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etmoqda

28 Aprel 2022
274
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Markaziy Osiyo va MDHda aviatsiya texnikasini TKvaT bo‘yicha eng yirik xizmat ko‘rsatuvchilardan biri, “Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy boʻlinmasi hisoblanuvchi Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi Dallasdagi (AQSH) MRO America 2022 xalqaro ko‘rgazma-konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir Aviation week amerika jurnali tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 86 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan TKvaT bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifati, shuningdek, Airbus va Boeing oilasining zamonaviy laynerlari, shu jumladan Dreamliner’ni o‘zlashtirishda jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida UAT vakillari konferensiyalarda ishtirok etib, Boeing va Airbus kompaniyalari, shuningdek, ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdilar.  

Download PDF