Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan Airways» - «Malaysia – Central Asia Fashion Designers» ko‘rgazmasida

27 Noyabr 2019
158
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

2019-yil 26-noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida Markaziy Osiyo dizaynerlarining tantanali kechasi bo‘lib o‘tdi, unda Malayziyaning taniqli dizayneri Jimmi Chuning taklifiga binoan mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etishdi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi va Malayziyaning "Rafflesia Pearl" zargarlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan kechada Markaziy Osiyoning 5 davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston dizaynerlarining ishlari namoyish etildi. Mamlakatimiz nomidan "Azukar Moreno" nomi bilan tanilgan yosh, iqtidorli va istiqbolli dizayner Kamola Rustamova ishtirok etdi. Uning defile kolleksiyasi namoyishidan oldin "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining bortkuzatuvchilari formasi namoyish etildi.

12

Buxoro Qirolligi uslubida ishlangan gala-oqshomning tematik dizayni va o‘zbek dizayneri tomonidan namoyish etilgan modellar ko‘rgazma mehmonlari va ishtirokchilariga O‘zbekistonning turli xil madaniy merosining g‘ayrioddiy muhitiga kirib borishga, o‘zbekona joziba va xalqimizning o‘ziga xos an‘analari bilan tanishishlariga imkon berdi.

Ushbu modaga bag‘ishlangan tadbir doirasida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasida havo transporti xizmatlarining barcha turlari, shu jumladan aviakompaniya parki, yo‘nalishlar tarmog‘i, yangi yo‘nalishlar va havo kema bortida ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar taqdim etildi.

3

Tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi dizayner Jimmi Chuni mamlakatimizga tashrif buyurishga taklif qildi. Shuningdek, malayziyalik taniqli oshpaz Datuk Chef Wan (DatukChefWan)ning 2020-yil mart oyida O‘zbekistonga safari e‘lon qilindi.

"Malayziya - Markaziy Osiyo moda dizaynerlari" gala-kechasida ishtirok etish O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va "Uzbekistan Airways" imkoniyatlarini namoyish etish va targ‘ib qilish, shuningdek, yangi aloqalar o'rnatish va respublikamizga Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo va Malayziyadan potentsial sayyohlarni jalb qilish uchun yaxshi maydon bo‘lib xizmat qildi.

Download PDF