Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

"Uzbekistan Airways" - eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniya

10 Fevral 2020
118
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

cert

"Yemelyanovo aeroporti" MCHJ "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasini 2019-yildagi faoliyat natijalari bo‘yicha eng jadal rivojlanayotgan xorijiy aviatashuvchi deb e’tirof etdi.

"Yemelyanovo" xalqaro aeroportining diplom va esdalik nishoni har yili o‘tkaziladigan xalqaro aeroportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun aviatashuvchilarni taqdirlash marosimida "Uzbekistan Airways"ning Krasnoyarskdagi vakolatxonasiga topshirildi.

Bugungi kunda "Uzbekistan Airways"  Toshkentdan Krasnoyarsk aeroportiga haftasiga 1 marotaba muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.  2019-yil oxirida aviakompaniya “Yemelyanovo” aeroportida 15,289 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu 2018-yildagi ko‘rsatkichdan 6 foizga ko‘pdir.

 

Download PDF