Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Amritsar shahri aeroportidan tashakkurnoma oldi

30 Yanvar 2020
458
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

“Shri Guru Ram Dass Jee International Airport Amritsar” xalqaro aeroportining direktori janob Manoj Chansoriya «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasiga Amritsar aeroporti aviatashuvlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

cert

"Biz «Uzbekistan Airways»ga Amritsar aeroportiga parvozlarni barqaror tarzda amalga oshirgani uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildirgan holda kelgusida ham sizning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz", deyiladi minnatdorchilik xatida.

cert1

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Toshkent va Amritsar (Hindiston) o‘rtasidagi haftasiga 2ta qatnovni 2000-yil mart oyida amalga oshira boshlagan, bugungi kunda qatnovlar haftasiga 3 marta bajariladi. 2019-yil natijalariga ko‘ra aviakompaniya Amritsar aeroportiga 114 qatnov bajarib, 26576 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

«Uzbekistan Airways»ning barcha yangiliklaridan xabardor bo‘lib turing.

 

Download PDF