Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways 5 millioninchi yo‘lovchini kutib oldi

28 Dekabr 2023
32
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Mamlakatning yetakchi aviatashuvchisi hisoblangan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi 2024-yil arafasida Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY604 reysida o‘zining 5 millioninchi yo‘lovchisini ro‘yxatga oldi. Shu tariqa, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich ortda qoldi – 2022-yilda tashilgan yo‘lovchilarning umumiy soni 4 million 200 ming kishini tashkil etgan edi.

alt

Aviakompaniyaning Moskvadagi vakili Uzbekistan Airways bosh ofisiga 2023-yil 28-dekabr kuni 5 millioninchi yo‘lovchi parvozga ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar berdi. Parvoz davomida bortda aviakompaniya nomidan yubiley yo‘lovchini havo kemasi sardori tabrikladi.

alt

Toshkent aeroportiga yetib kelgach, baxtli yo‘lovchini Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakillari tantanali tarzda kutib olishdi. Ushbu yo‘lovchi Turg‘unova Dilshoda bo‘lib, unga esdalik sovg‘alari va Uzbekistan Airways’ning 75 ta muntazam yo‘nalishidan istalganida biznes-klass bilan sayohat qilishi uchun parvoz sertifikati topshirildi.

alt

Turg‘unova Dilshoda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: “Bugungi voqea men uchun kutilmagan bo‘ldi. Uzbekistan Airways’ga nafaqat xavfsiz va qulay parvozlar, balki, shubhasiz, yo‘lovchilarni aviakompaniyaga yanada yaqinlashtiradigan bunday tadbirlari va e’tibor uchun ham katta rahmat aytaman!”

alt

Ta’kidlash joizki, yo‘nalishlar tarmog‘ining kengayishi, yangi avialaynerlar xarid qilinishi va malakali boshqaruv tufayli Uzbekistan Airways o‘z ko‘rsatkichlarini yildan-yilga oshirishda davom etmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda aviakompaniya 32 mingta parvozni amalga oshirgan va 48 ming tonnadan ortiq yuk tashigan. Bundan tashqari, bir nechta yangi muntazam yo‘nalishlar ochildi, samolyotlar parki beshta Airbus A320neo, ikkita L-410 va uchta ATR-72 bilan to‘ldirildi.

 alt

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Aviakompaniya 2022-yilda 3,9 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.

Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.

Download PDF