Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Qatnov ushlanib qolmoqda

9 Dekabr 2019
87
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar uchun muhim ma’lumot! Avvalroq xabar qilganimizdek, tuman sababli ikkita aeroportlar havo kemalari qabuli uchun berkitildi va Uzbekistan Airwaysning bir nechta qatnovlari ushlanib qolmoqda. Qo’shimcha qilamizki:

Namangan-Moskva yo’nalishi bo’yicha parvoz qiluvchi HY-619 qatnovining uchishi 8-dekabr soat 19:15 dan 9-dekabr kuni soat 12:00 ga ko’chirildi;
HY-606 (Moskva- Samarqand) qatnovining uchishi soat 01:25 dan 16:10 ga (9-dekabr) ko’chirildi;

HY-42 (Samarqand - Toshkent) qatnovining uchishi soat 06:25 dan 10:00 ga (9-dekabr) ko’chirildi, Toshkentga qo’nish vaqti soat 10:40 da;
HY-95 (Toshkent - Namangan) qatnovining uchishi soat 08:35 dan 10:00 ga (9-dekabr) ko’chirildi.

Ob-havo sharoitlari sabab yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz va tushunishingizdan umidvormiz.

 

Download PDF