Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

PIECE CONCEPT printsipi boʻyichai bagaj qoidalariga oʻtish

27 Mart 2021
30
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Hurmatli yo‘lovchilar!

Muhim ma’lumot:

2021-yilning 28-martidan “Uzbekistan airways” AJ o‘zining O‘zbekiston-Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlaridan tashqari barcha yo‘nalishlarda “Piece Concept” (bagajlar soniga ko‘ra) tartibi bo‘yicha olib o‘tiladigan bagaj me’yorlarini kiritmoqda. Shunga ko‘ra “Piece Concept” olib o‘tiladigan bagaj me’yorlari amal qiladi:

  • Xizmat ko‘rsatishning biznes klassi - uch o‘lchov summasi bo‘yicha 32 kgdan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj, (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kgdan oshmagan va gabariti 115 smdan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
  • Xizmat ko‘rsatishning ekonom klassi - uch o‘lchov summasi bo‘yicha 23 kgdan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj, (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kgdan oshmagan va gabariti 115 smdan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
  • Ekonom klassi uchun qo‘l yuki - 1 bagaj uchun 8 kg, biznes klassi uchun – 1 bagaj uchun 10 kg. Qo‘l yuki o‘lchami uch o‘lchov summasi bo‘yicha 115 smdan oshmasligi lozim.

Istisno holatlar:

  1. O‘zbekiston – Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori “Weight Concept” tartibi bo‘yicha amal qiladi. Shu bilan birga Istanbul/Dubay/Sharjaga/dan bo‘lgan o‘tuvchi xalqaro yo‘nalishlarda olib o‘tiladigan bagaj me’yori PC bo‘yicha qo‘llaniladi (istisno O‘zbekistonning shaharlariga/dan – Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish o‘tuvchi yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori “Weight Concept” tartibi bo‘yicha qo‘llaniladi);
  2. Nyu-York va Pekin uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori o‘zgarishlarsiz qoladi (istisno Toshkent - Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishida 2021-yil 28-martdan sotuv uchun qaytarilmaslik sharti bilan ekonom klassi tariflari bo‘yicha 23 kgdan ortiq bo‘lmagan 1PC olib o‘tiladigan bagaj me’yori belgilanadi);

Chiptani sotib olishda albatta tariflarni qo‘llash shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. 

Download PDF