Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

"O‘zbekiston havo yo‘llari"dan Mustaqillik bayramiga chegirmalar

10 Sentabr 2019
71
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

O‘zbekistonning milliy aviakompaniyasi yurtimiz mustaqilligining 28-yilligini nishonlash munosabati bilan joriy yilning 31-avgustidan 3-sentyabriga qadar respublikamiz aholisi va xorijlik sayyohlar uchun  barcha ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga 30 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan bayram chegirmalarini taqdim etadi.

Bayram chegirmalari:

- Individual yo‘lovchilar uchun - 30%;

Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari,O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun - 40%;

Oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) - 50%;

Nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun - 50%;

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun - 50%;

Chegirmali aviabiletlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining aviabiletlarni sotish markaziy ofisi va O‘zbekiston aeroportlari kassalarida chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Download PDF