Dreamliner doim yo'lovchilar qulayligi haqida o'ylagan. Yangi laynerga kiraverishdagi keng maydon va mikro klimat tizimi lol qoldiradi. Boeing 787 dagi biznes-toifa qismi to’liq yotish o'rindig’i bilan ta'minlangan, ekonom toifada esa o'rindiqlar orasidagi masofa kengaytirilgan.
Oltinchi Boeing 787 O'zbekistonga SARS COVID-2 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida uchinchi partiya gumanitar yordami bilan keldi, keyinchalik gumanitar yuk Orol dengizi hududiga jo'natiladi.