Oliy Majlisining ochiq kuni
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash arafasida aviakompaniya xodimlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi. Tadbir dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasiga ekskursiya, parlament kutubxonasi va muzeyi, shuningdek, yalpi majlislar o‘tkaziladigan zal bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.