Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Tarmoqni rejalashtirish va jadval bo‘limi mutaxassisi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Tashuvlar sotuvi va marketing departamenti

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Iqtisod, moliya, menejment, marketing yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Analitik fikirlash va detallarga e’tiborli bo‘lish;
  • Yuqori darajadagi mas’uliyat va bajariladigan ishlarning aniqligi muhimligini tushunish;
  • Yaxshi xotira va katta hajmdagi axborot bilan tezkor ishlash qobilyati;
  • Yangi qoidalar, dasturlar va ish jarayonlarini tez o‘zlashtirish va o‘rganish qobilyati;
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalar bilan ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish qobilyati;
  • Bir xildagi va batafsil ishlarni bajarishda diqqatni jamlay olish;
  • Stressga chidamlilik hamda tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitlarda shoshilinch vazifalar bilan ishlashga tayyorgarlik;
  • Vaziyatni mustaqil tahlil qilish va o‘z vakolati doirasida qarorlar qabul qilish qobilyati;
  • Ishda tizimlilik va tartiblilik;
  • Kommunikativ va hamkasblar bilan samarali hamkorlik eta olish;
  • Ingliz tilini-Intermediate (B1) darajasidan past bo‘lmagan, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Microsoft Office dasturlari hamda Excel dasturidan ishonchli foydalana olish;
  • Katta hajmdagi jadvallar, raqamlar, sanalar va hujjatlar bilan ishlashga tayyorlik.

Vazifalari:

  • Tashishlar sotuvi va marketing departamenti bo‘limlaridan, AJning xorijdagi vakillaridan taqsimlangan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari jadvaliga oid kelib tushayotgan takliflarni tahlil qilish va Tarmoqni rejalashtirish va jadval bo‘limi boshlig‘iga yetkazish;
  • Bo‘lim boshlig‘i bilan birgalikda AJ samolyot-motor parkining aylanmasini hisobga olgan holda xalqaro, MDH va respublika ichki yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam reyslar harakat jadvalini ishlab chiqish;
  • IATA taqvimi muddatlariga va AJ tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga qat’iy muvofiq ravishda muntazam reyslarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar aeroportlarida zarur slotlarni kelishish va olish;
  • Tasdiqlangan jadvalga qat’iy muvofiq ravishda xorijiy davlatlarning havo bo‘shlig‘idan foydalanish va AJ muntazam reyslari uchun belgilangan aeroportlarga qo‘nish uchun zarur ruxsatnomalarni olish uchun so‘rovnomalar tayyorlash va yuborish;
  • AJning muntazam yo‘lovchi reyslari uchun xorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlaridan uchish va qo‘nishga ruxsatnomalar mavjudligini doimiy monitoring qilib borish;
  • Tarmoqni rejalashtirish va jadval bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan, amaldagi jadvalga tuzatishlar kiritish uchun AJning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan zarur kelishuvlarni amalga oshirish;
  • Tarmoqni rejalashtirish va jadval bo‘limining barcha ish o‘rinlarida ishlay olish;
  • Boshliq yo‘qligida yuzaga keladigan barcha kamchiliklar va muammoli masalalar haqida uni o‘z vaqtida xabardor qilish;
  • Boshliq bilan kelishgan holda, AJning barcha manfaatdor tarkibiy bo‘linmalarini muntazam reyslar harakati jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasiga muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish bo‘yicha tasdiqlangan qoidalarga muvofiq zarur kelishuvlarni amalga oshirish;
  • Taqsimotga muvofiq xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasiga muntazam reyslarni amalga oshirishi uchun ruxsatnoma mavjudligi ustidan doimiy monitoring olib borish;
  • AJning xalqaro, MDH va respublika ichki yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam qatnovlari, shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasiga muntazam qatnovlari jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan AJning barcha manfaatdor xizmatlari va majmualarini, shuningdek, AJning xorijdagi vakolatxonalarini ta’minlash;
  • Jadvalning nazorat nusxasini yuritish;
  • Tarmoqni rejalashtirish va jadval bo‘limida o‘rnatilgan barcha amaliy kompyuter dasturlari bilan ishlay olish;
  • Bo‘lim faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan Tarmoqni rejalashtirish va jadval bo‘limi boshlig‘ining hamda Tashuvlar sotuvi va marketing departamenti rahbariyatining bir martalik farmoyishlarini bajarishi shart.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Parvozlar jadvalini rejalashtirish va optimallashtirish;
  • Marshrutlar tarmog‘ini rejalashtirish va rivojlantirish;
  • Yo‘lovchilar oqimi va reyslar yuklanishini tahlil qilish;
  • Marshrutlar va yo‘nalishlar samaradorligini tahlil qilish;
  • Aviatsiya ma’lumotlari va statistikasi bilan ishlash;
  • Reyslar chastotasini tahlil qilish va optimallashtirish;
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar va jadvallar bilan ishlash;

Analitik hisobotlar va takliflar tayyorlash.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com