Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Transport logistikasi va yuklarni deklaratsiya qilish bo‘limi mutaxassis

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Mutaxassis

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Transport logistikasi va yuklarni deklaratsiya qilish bo‘limi 

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

• Oliy ma’lumot

• Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining fundamental bilimlari;

• Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi

Vazifalari:

  • Tuzilgan shartnomalarga muvofiq kelib tushgan ehtiyot qismlar, materiallar, agregatlar, havo kemalari komponentlari va boshqa aviatsiya-texnik mol-mulk va tovar-moddiy boyliklarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq to‘plamini tayyorlashi; 
  • Kelib tushgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “lC” buxgalteriya dasturiga va bo‘limning boshqa buxgalteriya ma’lumotlar bazalariga kiritishi; 
  • Tovarlarni departament omborxonalariga kelishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq to‘plamini tayyorlashi; 
  • “Uzbekistan Airways” AJ bojxona omborxonasida bojxona rejimlari muddatlarini nazorat qilishi, yuklarni nazorat qilish va saqlashni amalga oshirishi; 
  • Zarurat bo‘lsa, sertifikatlashtirish va standartlashtirish, laboratoriyalarda identifikatsiya qilish va boshqalar uchun hujjatlar va tovarlar namunalarini tayyorlash, ekspertiza tugagandan so‘ng uni faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tegishli departament xodimiga imzo bilan topshirishi; 
  • Tovar-ilova hujjatlari chet tillaridan o‘z vaqtida va ishonchli tarjima qilishi; 
  • Moddiy boyliklarni kodlari bo‘yicha saralashni amalga oshirishi, tovarlarini haqiqiy vazni, qiymatini, tovar-ilova va shartnomaviy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashi; 
  • Departament omborxonalari bo‘yicha moddiy boyliklarining kelishi va sarflanishi uchun Departament, AJ va O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga muvofiq yuk jo‘natishni tashkil etish maqsadida dastlabki hujjatlarni tayyorlashga bojxona brokerlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, ma’lumotlar va yuklarni o‘z vaqtida bojxona rasmiylashtiruvi uchun tayyorlashi; 
  • Bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘g‘ri rasmiylashtirishini nazorat qilishi; 
  • Hisobot berish uchun tegishli ish joyi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashi, hujjatlarning xavfsizligini ta’minlashi, ularni arxivga topshirish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirishi; 
  • Yuklarni bojxona rasmiylashtiruvi masalalari bo‘yicha departament va AJning manfaatdor xizmatlari bilan birgalikda yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilishi; 
  • Zarurat bo‘lganda, kiruvchi moddiy boyliklarni dastlabki tekshiruvida ishtiroketishi; 
  • AOG/Critical toifasidagi buyurtmalarni rasmiylashtirishi va ularni butun navbatchiligi davrida, shuningdek, dam olish kunlari va bayram kunlari yetkazib beruvchilarga o‘z vaqtida yuborishi; 
  • Yuk terminallari axborot xizmatlarida hujjatlarni qabul qilish huquqi bilan tovarlarni qabul qilish va jo‘natish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishi; 
  • Yuklarni qayta ishlashda hisob kartalarini imzolashi; 
  • Aviayukxatlari, bojxona yuk deklaratsiyasini (BYD) imzolashi, tijorat hujjatlari va yuk yetishmasligi/nosozligi hujjatlarini yuk terminallarini qidirish bo‘limidan olishi; 
  • Barcha toifadagi moddiy boyliklarni, shu jumladan “xavfli yuklarni” tovar-ilova hujjatlarga qat’iy rioya qilgan holda olib chiqilishini amalga oshirishi. 
  • Barcha zarur hujjatlar taqdim etilganda hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida rasmiylashtirishi; 
  • Vagonlar, konteynerlar, boshqa idishlar, shuningdek ТМВ yetkazib berish uchun transport vositalariga buyurtma berishi; 
  • Hisobot tayyorlash uchun tegishli ish uchastkasi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashi, hujjatlarning xavfsizligini ta’minlash, ularni arxivga topshirish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirishi; 
  • Pasportlar mavjud bo‘lganda eksplantlardan ta’mirlash uchun olib kelingan moddiy boyliklarni qabul qilishi; 
  • Tashqi tekshiruvni amalga oshirishi, qadoq shikastlanmaganligiga, yog‘ oqishi,               
  • Sifat menejmenti tizimi (ISO) bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar, standartlar va hujjatlashtirilgan jarayonlaming tegishli qismida doimiy ravishda bajarilishini ta'minlashi; 
  • Lavozim vazifalarini bajarish hajmida davlat va ingliz tillarini bilishi; 
  • Departament va bo‘lim rahbariyatining amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan qo‘shimcha topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarishi zarur. 

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy

 Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 mukammal daraja
  • Rus tili – C2 mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Xalqaro va ichki logistika bo‘yicha ma’lumot 
  • O‘zbekiston  Respublikasi bojxona qonunchiligi va xalqaro me’yorlarni bilish 
  • Transport va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish tajribasi 
  • Etiborlilik, ma’suliyat va tahlilchan fikirlash
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar va hujjatlar bilan parallel ishlash qobiliyati

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com