Yo‘lovchi va bagaj bo‘yicha da’volar bo‘limi mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yerdagi xizmatni tashkil qilish departamenti
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Minimal ta’lim darajasi: oliy ma’lumot (Fuqaro aviatsiyasi, huquq, iqtisodiyot, moliya)
- Ish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Da’vo va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ko‘nikmalari.
- Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining fundamental bilimlari;
Vazifalari:
- “Uzbekistan Airways” AJning havo tashuvlarini tartibga soluvchi asosiy boshqaruv uslubiy va me’yoriy hujjatlarini va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarini bilishi;
- “Uzbekistan Airways” AJga nisbatan da’vo arizasining to‘g‘ri qo‘yilganligini va da’vo arizasi berishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya etilishini tekshirishi;
- Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolarning yoʻlovchilar va bagajni havoda tashish shartnomasini buzganlik natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolarini koʻrib chiqish va ularga javoblar tayyorlashi;
- “Uzbekistan Airways” AJ qatnovlarida yo‘lovchilar va bagajlarni tashish shartnomasini buzganlik holatlari yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish, da’vo materiallarining avtomatlashtirilgan tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash, da’volarni hisobga olish, xizmat tekshiruvlar o‘tkazish, yo‘lovchilar da’volarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
- “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarida yo‘lovchilar va bagajni havoda tashish shartnomasini buzish holatlari, da’volarni ko‘rib chiqish muddatlariga va sifatiga rioya etilishi yuzasidan da’vo ishlarining holatini nazorat qilish.
- “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyatining Buyruq va ko‘rsatmalariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish.
- O‘z kasbiy mahorati darajasini oshirish ustida doimiy ishlash.
- Bo‘lim rahbariga o‘z vazifalarini bajarishda yuzaga keladigan barcha kamchiliklar va muammolar haqida o‘z vaqtida xabar berish.
- Xizmat vazifalarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kamchiliklar va muammoli masalalar, shuningdek, yuzaga kelgan xavfli omillar to'g'risida yo'lovchilar va yuklarni qabul qilish bo'limi boshlig'ini zudlik bilan xabardor qilish.
- Sifatli tarzda va belgilangan muddatda YXTD rahbariyatining buyruqlarini bajarish.
- “Uzbekistan Airways” AJning boshqa tarkibiy bo‘linmalari, xorijdagi “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari, davlat organlari va idoralari, shuningdek faoliyati “Uzbekistan Airways” AJ faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Aviatashuvlar tartib-taomillari uchun mavjud texnologiyalarni tahlil qilish;
- Da’vo ishlari bo‘yicha rejalar va tahlillarni ishlab chiqishda, yo‘lovchilar va bagajni havoda tashish ishlab chiqarish jarayonlarida tuzatish choralarini shakllantirishda ishtirok etish.
- O‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra, da’vo ishlariga oid mavjud va ishlab chiqilayotgan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etish;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, “Uzbekistan Airways” AJ qoidalari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etish maqsadida da’vo ishlarini olib borish bo‘yicha maslahatlar berish;
- Doimimiy ravishda bo‘linma tomonidan olingan parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va o‘z vazifalarini bajarishda uning tavsiyalariga amal qilishi lozim.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- Sinov muddati: 3 oy
Asosiy ko‘nikmalar:
- O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
- Rus tili – C2 – mukammal daraja
- Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini bilish
- Biznes shikoyatlarini ko‘rib chiqish va ularga javoblar tayyorlash
- Fuqarolarning paydo bo‘layotgan muammolar bo‘yicha so‘rovlarini ko‘rib chiqish
- Shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
- Havo transporti tartiblarini tahlil qilish
- Stressga chidamlilik va mehnatsevarlik
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:
Sultanova.Nilufar@uzairways.com