Uzbekistan Airways parvoz o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishini ma’lum qiladi
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
- 21 yoshdan 36 yoshgacha.
Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 20,5 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
- fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi;
- ariza berish vaqtida FA parvoz o‘quv yurti tugallanganidan boshlab 2 (ikki) yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davri;
- havo kemasida CPL dasturi bo‘yicha FA parvoz o‘quv yurtida 120 uchish soatidan kam bo‘lmasligi;
- havo kemasida CPL ruxsatnomasiga ega bo‘lib MPL dasturi bo‘yicha FA parvoz o‘quv yurtida 50 uchish soatidan kam bo‘lmasligi;
- qurilma bo‘yicha parvozga ruxsatga ega bo‘lishi (Instrument Rating);
- ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;
- ingliz tili darajasi ICAO 4 shkalasi va undan yuqori boʻlishi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, erkak nomzodlar uchun, harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi;
Nomzodlar elektron shaklda (PDF) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
- Ariza (ilova)
- pasport nusxasi
- FA uchuvchisi guvohnomasi
- ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar, parvoz soatlari va h.k.;
- qurilmalar bo‘yicha parvozga ruxsatga berilganligini tasdiqlovchi hujjatini (Instrument Rating);
- ingliz tili darajasi ICAO 4 shkalasi va undan yuqoriligini tasdiqlovchi sertifikat;
- harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
Hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 13-martga qadar amalga oshiriladi.
Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2025-yilning 17-mart kuni boʻlib oʻtadi.
Hujjatlarni quyidagi elektron manziliga PDF-formatida yuborishingizni so‘raymiz: pilot.career@uzairways.com
Eslatma:
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar buni Arizada ko‘rsatishlari shart. Agar ushbu ma’lumotni yashirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlansa, ushbu nomzodlarni ko‘rib chiqish tanlovning keyingi protseduralarida bekor qilinadi.