Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga HKK va Boeing 767 HK ikkinchi uchuvchisi lavozimiga ishga qabul qilish e’lon qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  1. Boeing 767HKga amaldagi ruxsatnoma;
  2. Amaldagi FA (ATPL) uchuvchisi guvohnomasi;
  3. Amaldagi tibbiyot sertifikati
  4. ICAO shkalasi bo‘yicha 4 va undan yuqori darajada ingliz tilini bilish (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
  5. Ariza berish paytida ushbulavozimga tegishli HK turida,parvoz ishidagi 9(to‘qqiz) oydan ortiq bo‘lmagan tanaffus;
  6. Fuqaro aviatsiyasiyoki harbiyaviatsiya uchuvchisining tamomlangan to‘liq aviatsiyata’limi;
  7. A320/321 turidagi HKda parvoz soati; HKK uchun kamida 1000 soat; ikkinchi uchuvchi uchun – 500 soat;
  8. Havo kemasi ekipaji tarkibida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), rus va ingliz tillarini bilish;
  9. Xorijiy fuqarolar uchun parvoz tajribasi kamida 5 (besh) yil;
  10. Vakolatli organtomonidan guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  11. 55 yoshgacha

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni elektron formatda (PDF) taqdim etishlari kerak:

  • Parvoz uchun ishga joylashishga nomzod uchun rasmiylashtirilgantaqdimnoma (ilova qilingan);
  • TUEKning parvozga yaroqliligito‘g‘risidagi xulosasi;
  • FA uchuvchisi guvohnomasi;
  • Ta’lim, parvoz soati, o‘zlashtirilgan havo kemalar turlari va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar;
  • Asbob-uskunalar (Instrument Rating) bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat;
  • Parvoz tajribasinitasdiqlovchi mehnat daftarchasidanko‘chirma;
  • ICAO tilni baholash shkalasi bo‘yicha 4 darajadan kam bo‘lmagan ingliz tilini bilish darajasiga muvofiqlik sertifikati;
  • Harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy guvohnomasi(O‘zR harbiy xizmatga majbur fuqarolari uchun).

Hujjatlar PDF formatda pilot.career@uzairways.com elektron pochta manziliga yuborilsin.

Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov bosqichlari:

  1. Suhbat.
  2. ICAO shkalasi bo‘yicha ingliztili darajasinitasdiqlovchi hujjat.
  3. Trenajyorda tekshirish.

Shartnoma muddati 12 oy;36 oy.

Tanlov ishtirokchilariga “Uzbekistan airways” AJqatnovlarida tanlov o‘tkaziladigan joyga vaorqaga aviachiptalar taqdim etiladi;

Ish haqi HKK uchun 8000 USDdan, ikkinchi uchuvchi uchun 3000 USDdan;

45 ish kunigacha mehnat ta’tili;

Yiliga bir martaxodim vaoila a’zosi uchun imtiyozli chiptalar;

Uy-joy uchun 500 dollar to‘lov.

Hujjatlar uchun ariza va taqdimnoma to‘ldirilishi zarur (qo‘shimchada).